«Bilayn»ning Gibraltar va Vetnamdagi yangi rouming-hamkorlari

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengayririlganligi haqida xabar beradi. Gibtelecom (Gibraltar) va Vinaphone (Vetnam) kompaniyalari bilam Ovozli rouming xizmatini ko‘rsatish shartnomasi imzolandi. Endilikda CAMEL-rouming xizmati Mobifone (Vetnam) hamkorlik tarmog‘ida amal qiladi.

beeline_5_04_2013

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Bilayn” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system