Urganchda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013chempionatining hududdiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

ucg_3_04_2013

3 aprel kuni Urganchda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 chempionatining hududdiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Virtual futbol o‘yini Urganch axborot va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida o‘ykazildi.

ucg_3_04_2013_1

Musobaqalar axborot-resurs markazida o‘tkazildi.

ucg_3_04_2013_2

O‘yinda ishtirok etish uchun jami 40 taga yaqin odam ro‘yxatdan o‘tdi. Shuhrat Abdullayev bosqichning eng yosh esportchisi bo‘ldi. U 8 yoshda, Urganch shahridagi 10-sonli maktabning 3 sinfida tahsil oladi.

“Men umrimda birinchi bor kompyuter futboli bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqdaman va Urganchda ilk bor bu kabi chempionat o‘tkazilayotganidan juda baxtiyorman. O‘ynashni boshlaganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, biroq endilikda yuqori natijalarni ko‘rsatishga harakat qilaman. Shahrimizda a’lo darajadagi chempionat uchun “Kelajak ovozi” YOTM va “Bilayn” kompaniyasiga rahmat deyman,

ucg_3_04_2013_3

– deydi Shuhrat Abdullayev — Umuman olganda, men ikki yildan beri karate bilan shug‘ullanaman va o‘z yoshim toifasida 2012 yil O‘zbekiston chempioniman”.

ucg_3_04_2013_4

Ko‘p sonli tomoshabinlar va muxlislar uchun joylar tashkil qilindi va katta ekranlar orqali musobaqalar matchlari namoyish etildi.

ucg_3_04_2013_5

Eslatib o‘tamiz, Yagona aloqa operatori “Bilayn” O‘zR Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi ko‘magida “Kelagak ovozi” Yosh tashabbuskorlar markazi va InfoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkillashtirilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Bosh homiysi bo‘lgan.

ucg_3_04_2013_6

29 martdan 18 aprelga qadar “Biz — yagona jamoa, biz – yagona oila!” yoshlar aksiyasi doirasida chempionatning hududiy saralash bosqichlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, ular AIMAG Incheon 2013 yopiq binolarda bo‘lib o‘tadigan IV Osiyo o‘yinlarining saralash bosqichi hisoblanadi.

Hududiy saralash bosqichlari yakunlari bo‘yicha milliy final ishtirokchilari aniqlanadi, ular 27 aprel kuni Toshkentda Osiyo o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun kurashadilar.

ucg_3_04_2013_7

Urganchdagi musobaqalar yakunlari bo‘yicha birinchi o‘rinni Urganch axborot va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabasi Bobojanov Otabek egalladi.

ucg_3_04_2013_8

Ikkinchi o‘rinni esa – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 3 kurs talabasi Annaxasanov Vohid egalladi.

ucg_3_04_2013_9

Uchinchi o‘rinni Urganch davlat universitetining ekologiya fakulteti talabasi Mahmud Rahimov egalladi.

Xorazm viloyati chempioni hamda hududiy turnir sovrindorlariga “Bilayn” kompaniyasidan telefon hamda 3G modemlar taqdim etildi.

Sovrinlarni G‘arbiy hududiy filial direktorining Urganch shahridagi operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Botirbek Beknazarov taqdim etdi. Sovrinlarni berar ekan, Botirbek 2004 yilda o‘zi ham Counter Strike o‘yini bo‘yicha Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etganligini va bu tajriba unga axborot texnologiyalariga yaqin bo‘lishga yordam berganligini aytib berdi.

Saralash turniri yakunlanganidan so‘ng, FIFA 2013 bo‘yicha Xorazm viloyati chempioni va O‘zbekistonning amaldagi chempioni, WCG 2012 jahon chempionati ishtirokchisi Kirill To‘laganovlar chempionlarning o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdilar.

Urganchlik Bobojanov Otabek 2:0 hisob bilan g‘alaba qozondi!!!

Navbatdagi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA hududiy saralash bosqichi 4 aprel kuni Nukusda Berdax nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti binosida o‘tkaziladi.

ucg_3_04_2013_10

Musobaqa tashkilotchilari nomidan Urganch axborot va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji rahbariyati hamda o‘qituvchilariga alohida minnatdorchilik izhor etiladi.

Orphus system