Andijon viloyatida “Bilayn”ning yangi asosiy stansiyalari o‘rnatildi
04.04.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Andijon viloyati hududida tarmoq sig‘imi va qamrov zonasi kengaytirilganligi haqida xabar beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn” ko‘p yillardan beri butun Farg‘ona vodiysida ham, Andijon viloyatida ham birinchi raqamli operator sanaladi. O‘zbekistonning eng aholisi zich bo‘lgan ushbu viloyatida tarmoqning rivojlanishiga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Ishonaman-ki, bundan keyin ham “Bilayn” mavqeini sifatli aloqa yetkazib beruvchisi sifatida tasdiqlay olamiz”.

Qo‘shimcha uskuna o‘rnatilishi natijasida Andijon viloyatining Asaka, Baliqchi, Paxtaobod va Ulug‘nor tumanlarida aloqa sifati yaxshilandi. Yangi stansiyalar tufayli servis darajasi o‘sishi bilan birga Asaka shahrida qamrov ham kengaydi.

“2013 yilda tarmoqni qurish dasturi boshlangan va mamlakatning millionlab aholisi buni o‘zlarida his etdilar, – deydi Unitelning Texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Biroq, asosiy stansiyalarning ko‘p qismini biz yaqin ikki-uch oy ichida butun respublika bo‘ylab o‘rnatishni rejalashtirmoqdamiz va bu, shubhasiz, ham GSM asosiy tarmog‘i, ham 3G tehnologiyasi asosidagi mobil Internetning tezligida o‘z ifodasini topadi”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq