Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 Navoiyda o‘tkazildi
02.04.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
1-aprel kuni Navoiyda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 O‘zbekiston kompyuter o‘yinlari chempionati mintaqaviy saralash turniri estafetasi davom etdi, u «Biz bir jamoa, biz bir oila!» yoshlar aksiyasi doirasida o‘tkazildi. Musobaqalar Navoiy elektron sanoati va informatika kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi.
Turnirda ishtirok etish uchun jami 25 geymer ro‘yxatdan o‘tdi. Kollejning keng va shinam auditoriyasida soat 10-00 geymerlar jam bo‘ldi va Navoiy shahridagi klublarda ro‘yxatdan o‘tdilar. Qurra tashlanganidan so‘ng o‘yinlar boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir.
Turnir 29-martdan 18-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.
Mintaqaviy saralash turniri musobaqalari natijasiga 27-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy finalda va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma uchun bellashadigan ishtirokchilar aniqlanadi.
Musobaqalar natijasiga muvofiq birinchi o‘rinni — Navoiy elektron sanoati va informatika kasb-hunar kolleji 3-kurs talabasi Murodaliyev Jahongir egalladi.
Ikkinchi o‘rinni — Navoiy shahar 11-umummta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Muzafarov Kamol egalladi.
Uchinchi o‘rinni — Navoiy elektron sanoati va informatika kasb-hunar kolleji 2-kurs talabasi Rajabov Hayotjon egalladi.
Navoiy mintaqaviy turniri chempionlari va sovrindorlariga «Bilayn» kompaniyasidan — telefon va 3G modemlari taqdim etildi.
Saralash turniridan so‘ng FIFA 2013 Navoiy viloyati chempioni Murodaliyev Jahongir va O‘zbekiston chempioni, WCG 2012 jahon chempionati finalchisi Kirill Tulyaganov o‘rtasida chempionlar o‘rtoqlik matchi o‘tkazildi.
Kirill Tulyaganov 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Keyingi Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri 3-aprel kuni Urganchda o‘tkaziladi.
Kollej binosi xonalarining ajoyib jihozlanganligi va musobaqalarning yuqori darajada o‘tkazilishidagi ko‘rsatgan yordami uchun rahbariyat va o‘qituvchilarga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Navoiy fifa ishqibozlari juda ham jiddiylar… 🙂