Ucell хаlqaro aloqalar bo‘yicha narxlarni o‘zgartirdi

Yetakchi mobil aloqasining Ucell operatori xalqaro aloqalar bo‘yicha old to‘lov xizmati tizimining (Prepaid) barcha abonentlari uchun qo‘ng‘iroqlar narxining pasayganligi haqida xabar beradi.

2013-yilning 13-fevral kunidan boshlab xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar narxi o‘rtacha 35foizga pasaytirildi. Masalan, xalqaro aloqa bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlariga, yani Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston davlatlariga bir daqiqa uchun qo‘ng‘iroqlarning chiqish qo‘ng‘irog‘i $0,72 dan $0,50 gacha pasaytirildi. Rossiya hamda Ukraina davlatlarida esa chiquvchi qo‘ng‘iroqlar $20 dan $0,75ga, Yevropa uchun $2,40 dan $1,60ga, Turkiyada $3 dan $2 gacha o‘zgartirildi.

Bundan tashqari, abonentlar xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun aksiya turlaridan ham foydalana olishlari mumkin. Buning uchun mijozlar «Butun olam» xizmatini faollashtirishlari kerak bo‘ladi. Ushbu xizmat Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda boshqa MDH davlatlariga chiqish qo‘ng‘iroqlari atigi 0,29$/daqiqa dunyoning boshqa mamlakatlariga esa 0,99 $/daqiqaga suhbatlashishlari mumkin bo‘ladi

Bu xizmatni yoqtirish uchun *150*1# USSD raqamini terish kerak bo‘ladi. Xizmatni faollashtirish narxi $0,05, abonent kunlik to‘lovi esa $0,02ni tashkil etadi. Mazkur xizmat old to‘lov (Prepaid) tizimining barcha abonentlari uchun kirish mumkin bo‘ladi.

Xalqaro qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun keyin teriladi.

“Ucell faol rivojlanmoqda, abonentlar o‘zlarining chet ellardagi yaqinlari, do‘stlari bilan ko‘proq muloqot qilishlari, shuningdek, xorijiy ishbilarmon hamkorlari bilan muzokaralar olib borishlari uchun yanada ko‘proq imkoniyat yaratishga qaratilgan yangi xizmat turlarini joriy etmoqda”, – deb narxlar o‘zgarishini sharhlaydi korporativ aloqalar bo‘limi boshlig‘i Davron Azizov.

Batafsil ma’lumot bilan http://ucell.uz/ saytida tanishish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system