Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi

29-mart kuni Gulistonda Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 O‘zbekiston kompyuter o‘yinlari chempionati mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi.

ucg_30_03_2013

Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining Bosh homiysidir
Turnir 29-martdan 27-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi doirasida o‘tadi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.

ucg_30_03_2013_1

29-mart kuni Guliston Davlat universitetida FIFA 2013 o‘yinlari bo‘yicha saralash turniri o‘tkazildi, unda Sirdaryo viloyatining 30dan ortiq eng yaxshi virtual futbolchilar ishtirok etdilar.

ucg_30_03_2013_2

ucg_30_03_2013_3

Musobaqalar natijasiga muvofiq birinchi o‘rinni — Guliston axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Abduxalilov Bobur egalladi.

ucg_30_03_2013_4

Ikkinchi o‘rinni — O‘zbekistonda taniqli geymer, WC3 o‘yini bo‘yicha 2006-2007 yillardagi mamlakat chempioni Nurtayev Elmurod egalladi.

ucg_30_03_2013_5

Uchinchi o‘rinni — Guliston Davlat universiteti ikkinchi bosqich talabasi Mamasaliyev Elyor egalladi.

Sirdaryo mintaqaviy turniri ikkinchi va uchinchi o‘rin g‘oliblari va sovrindorlari —3G USB modem sovg‘a qilindi. Birinchi o‘rin g‘olibiga mobil telefon berildi. G‘oliblarga sovrinlarni — «Bilayn» markaziy mintaqaviy Toshkent Guliston mintaqaviy filiali direktorining operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jabarqulov Faxritdin Primqulovich taqdim etdi.

ucg_30_03_2013_6

Oqshom chog‘ida, Guliston shahar stadionida O‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida o‘tkazilgan futbol-shouda Abduxalilov Bobur — Sirdaryo viloyati chempionlari tarixida birinchi marta FIFA13 virtual futbolining g‘olibi deb e’lon qilindi. Endi navbat Jizzax mintaqaviy saralash turniriga.

Orphus system