Nabi Abdurahmonov: «Birinchi konsertda kuylagan yigit-qizlarga barakalla deyish mumkin!»

nab_1_04_2013

Birinchi Zo‘r-Zo‘r Star-konsertda loyiha hay’ati a’zolarining orasida aktyorlik mahorati va sahna nutqi bo‘yicha pedagog Nabi Abdurahmonov ham bor edi. U Zo‘r-Zo‘r Star televizion musiqiy loyihasi hamda bo‘lib o‘tgan dastlabki konsert haqidagi o‘z fikrlarini biz bilan bajonidil o‘rtoqlashdi.

? Konsert juda yoqdi. Yoshlarimiz taqdir erkatoylari, chunki bu ularga, kuchli pedagoglarning qo‘lida o‘qigan holda, o‘zini va kuchlarini sinab ko‘rish imkonini beruvchi ilk loyihadir. Umuman olganda, bu mas’uliyatni his qilish imkoniyatidir, yoshlikda esa bu juda muhim. Biroq bu loyihaga tushganlar g‘olib chiqqanini, saralashdan o‘tmaganlar esa yutqazganini bildirmaydi. Shunday tanlov borligining o‘zi yoshlarga hayotda nimagadir erisha olishi mumkinligiga ishonch beradi. Menga bu g‘oya juda yoqdi! Yoshlar hammasi qay darajada real ekanini, nafaqat estradada, balki boshqa sohalarda ham real ekanini ko‘ryapti.

Men saralash bosqichi jarayonida kastingdan o‘tmagan xafa yigit-qizlarni ko‘rdim. Ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligi O‘zbekiston Davlat san’at institutida o‘qir ekan. Ularga maslahatim: kastingdan o‘tmaganiga xafa bo‘lishmasin, balki o‘zlari nimadir qilishsin, buning uchun pedagoglarni, kursdoshlarini to‘plab, nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishsin. Asosiysi, atrofda ijodiy hayot qaynab turishi va faoliyatini endigina boshlayotgan yosh artistlar o‘zini estradadan tashqarida ham namoyon etishlari kerak

Birinchi konsertda kuylagan yigit-qizlarga barakalla deyish mumkin! Ularning har biri har xil, kimdir jiddiy vokal maktabida o‘qigan, kimdir esa oddiy maktabda. Har qanday holatda ham, ma’lumotga ega bo‘la turib iqtidorsiz bo‘lish, shu bilan birga buyuk iste’dod egasi bo‘lish mumkin. Aytishlaricha, Eynshteyn uchga o‘qigan ekan. Ularga qarab turib, yigit-qizlardan qay birini yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun teatrga taklif qilish mumkinligini ko‘ryapman. Yosh rejissyorlarimizga shu tanlovda qatnashgan yigit-qizlarni nazardan qochirmasliklarini, albatta, aytaman.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system