Elektr energiya ta’minotida “Elektrhisob” dasturining iste’molchilar uchun afzalliklari

elek_1_04_2013

Zamon kundan-kunga o‘zgarib, rivojlanish juda tezlik bilan odimlab bormoqda. Bundan ikki — o‘n yillar avval ham elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoj bugungi kundagidek emas edi. Texnologiyalar rivoji esa bugungi davr talabini asosiy omiliga aylanib qoldi.

Tasavvur qiling, yaqinginada mobil telefonidan faqatgina so‘zlashish uchun foydalanardik. Birozgina vaqt o‘tib, mobil telefonida fotosuratga olish, keyingi pog‘onada videotasvirga olish imkoniyatlari qo‘shila boshladi. Hozirgi kunga kelib, mazkur imkoniyatlar haqida gapirmasangiz ham bo‘ladi. Chunki ularsiz o‘tkaziladigan kunimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Barcha ishimizni mobil telefoni orqali bajarishga, shu bilan birga, vaqtni tejashga o‘rganib qolganmiz. To‘g‘rida, bu ancha qulay va vaqtni tejash uchun eng zo‘r imkoniyat hisoblanadi. Bu borada «O‘zbekenergo» DAK ham ushbu qulayliklar doirasini kengaytirish ishiga o‘z ulushini qo‘shib bormoqda, ya’ni, kompaniya tomonidan «Elektrhisob» dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, undan iste’molchilar bemalol foydalanishlari uchun keng miqyosda qo‘llash ishlari boshlab yuborilgan.

elek_1_04_2013_1

Shu o‘rinda ozroq orqaga nazar tashlasak: elektr energiyasi uchun to‘lovni qanday amalga oshirardingiz? Qancha vaqt sarflardingiz? To‘lovni amalga oshirish uchun g‘azna oldida, tik oyoqda navbatda turarmidingiz? Qishning sovug‘iyu yozning issig‘ida yonib turgan chirog‘ingiz o‘chib qolmasligi uchun qancha yo‘lni bosib borardingiz? O‘zimiz sezmagan holatda mana shunday ishlarni doimiy ravishda bajarib yurganmiz. Bu ham yetmagandek, chiroq o‘chib qolsa, uydagi ishimiz bitmay, qancha asabimiz buzilardi. Endichi? «O‘zbekenergo» DAK tomonidan ishlab chiqilgan mazkur dastur eng katta qulayliklarni yaratdi.

elek_1_04_2013_2

Keling, dasturdagi imkoniyatlarni ko‘rib chiqamiz:
• to‘lovni amalga oshirish uchun hech qayerga borishingiz shart emas;
• elektr energiyasi uchun hisobingizdagi mablag‘ qanchaligini bilishingiz mumkin;
• qancha mablag‘ sarf qilganingizni bemalol bilib, nazorat ham qila olasiz;
• bir kunlikdan to bir necha oylikkacha bo‘lgan elektr energiyasi sarfini bilishingiz mumkin;
• sizni shu kundagi nazoratchingiz kimligini aniq bilishingiz mumkin;
• ta’mirlash guruhini chaqirishingiz mumkin.
• vaqtinchalik tarmoqdan o‘chirish guruhini chaqirishingiz mumkin;
• siz to‘lagan to‘lov sizning hisobingizga tushganini SMS-orqali doimiy bilib borishingiz mumkin.
• eng asosiysi, elektr energiya iste’molchisining to‘lovlari haqidagi ma’lumotlarda shaffoflik ta’minlanadi.

elek_1_04_2013_3

Bu juda oddiy, telefonga PAYNET tizimi orqali to‘lov amalga oshirilgani kabi elektr energiyasi iste’moli uchun ham shu tarzda to‘lanadi. Sizdan hech qanday qo‘shimcha to‘lov talab etilmaydi. Ushbu xizmatlar uchun mobil operatoringiz tomonidan SMS uchun belgilangan summani to‘lash bilan kifoyalanasiz.

Eng asosiysi, siz uchun aziz bo‘lgan vaqtingiz tejaladi. Ortiqcha mablag‘sarfidan va aldanishdan saqlanasiz. Yurtimizni xohlagan joyidan turib, to‘lovingizni amalga oshira olasiz. Yanada to‘liq imkoniyatlardan foydalanishni xohlasangiz internet tizimi orqali shaxsiy kabinetingizga kirib (mukammal himoyalangan tizim) hisobingizni hamda elektr energiyasi iste’molini nazorat qilib, yaratilgan boshqa imkoniyatlaridan ham foydalanishingiz mumkin.

Orphus system