«Biz bir jamoa, biz bir oila» – Jizzaxda virtual futbol! Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 mintaqaviy saralash turniri natijalari

ucg_31_03_2013

Jizzaxda kompyuter o‘yinlari Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013 O‘zbekiston chempionati mintaqaviy saralash turniri estafetasi davom etdi. Turnir Jizzax pedagogika institutining axborot-resurs markazida o‘tkazildi.

ucg_31_03_2013_1

Jizzax turnirida ishtirok etish uchun jami 30 geymer ro‘yxatdan o‘tdi.

ucg_31_03_2013_2

Eslatib o‘tamiz, yagona aloqa operatori «Bilayn» — O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi qo‘llab-quvvatlashi bilan va «Kelajak ovozi» YOTM va infoCOM.UZ jurnali tomonidan tashkil etilgan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 — kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining bosh homiysidir.

ucg_31_03_2013_3

Turnir 29-martdan 27-aprelga qadar o‘tadigan «Biz bir jamoa, biz bir oila!» aksiyasi va yopiq binoda o‘tkaziladigan AIMAG Incheon 2013 IV Osiyo o‘yinlari saralash bosqichi hisoblanadi.

ucg_31_03_2013_4

Musobaqalar natijasiga muvofiq birinchi o‘rinni — Jizzax shahri Delfin studiyasi menejeri va bosh dizayneri, Babayev Abror egalladi.

ucg_31_03_2013_5

Ikkinchi o‘rinni — Jizzax sport kolleji bitiruvchisi va mahoratli professional futbolchi (virtual futbolda emas) Ergashev Shaxzod egalladi.

ucg_31_03_2013_6

Uchinchi o‘rinni — Jizzax shahri Sharof Rashidov nomidagi umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Nematjonov Bekzod egalladi.

ucg_31_03_2013_7

Saralash turniri yakunlanishi bilan FIFA 2013 bo‘yicha Jizzax viloyati chempioni va O‘zbekiston chempioni, Babayev Abror WCG 2012 jahon chempionati finalining ishtirokchisi Kirill Tulyaganov bilan chempionlar o ‘rtoqlik matchini o‘tkazdi.

ucg_31_03_2013_8

4:1 hisob bilan Kirill Tulyaganov g‘olib bo‘ldi.

Jizzax mintaqaviy turniri g‘oliblari va sovrindorlariga shaharning bosh maydonidagi «Hayot uchun!» hayriya marafoni ishtirokchilari va shahar aholisi uchun konserti davomida «Bilayn» kompaniyasi nomidan — telefon va 3G modem sovg‘a qildilar.

ucg_31_03_2013_9

Jizzax «Bilayn» markaziy mintaqaviy filiali direktorining operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Daminovga turnirni tayyorlashda faol yordam berganligi uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.

ucg_31_03_2013_10

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha chempionatlarda qizlar deyarli hech qachon ishtirok etmaydilar, butun dunyoda shunday hol kuzatiladi. Biz barcha qizlarni ham virtual futbol o‘ynash va g‘olib bo‘lishga taklif etamiz! Axir haqiqatda ham ayollar futbol o‘ynaydilar-ku.

Suratda Jizzaxda «Kelajak ovozi» YOTM faoli – Gulnoza keyingi chempionatda FIFA o‘yinini o‘rganishga va’da berdi:)

Orphus system