Birinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsert: qanday o‘tdi
01.04.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Shanba kuni soat 20:00 da Forum TV telekanali orqali birinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsert namoyish etildi. Millionlab teletomoshabinlar nafaqat kastingdan o‘tgan 11 nafar ishtirokchi bilan tanishish, balki ularning ovozlarini jonli ijroda tinglashga ham musharraf bo‘ldi.
Konsertga tushish baxtiga sazovor bo‘lgan tomoshabinlar, birinchi navbatda, ishtirokchilarning qarindoshlari va yaqinlari edi. Ularning hammasi konsertga tayyorgarlik ko‘rib kelgan, ya’ni qo‘llarida ishtirokchilarni ruhlantirib turuvchi plakatlar va transparantlarni ko‘rish mumkin edi.
Qoidaga ko‘ra konsert kechasi loyiha hay’ati a’zolarini tanishtirishdan boshlandi. Ular quyidagilardan iborat bo‘ldi:
Rustam Hamroqulov — estrada vokali bo‘yicha pedagog;
Nabi Abdurahmonov — aktyorlik mahorati va sahna nutqi bo‘yicha pedagog;
Elvira Mulyukova — xoreografiya bo‘yicha pedagog;
Alisher Uzoqov — o‘zbek kinosining taniqli aktyori;
Gulnora Karimova — Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi hay’atining faxrli a’zosi, Fond Forum Vasiylik kengashining raisi.
Konsert davomida ishtirokchilar 11 ta jahon xitini ijro etdi. Ularning har bir chiqishi tegishli tarzda roliklar va boshqa effektlar bilan bezaldi.
Tomoshabinlar zalini alohida qayd etish joiz, ular har bir ijrochini gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlab turdi.
Sal keyinroq Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi hay’atining faxrli a’zosi, Fond Forum Vasiylik kengashining raisi Gulnora Karimova sahnaga ko‘tarildi. U har bir ishtirokchining kuchli va zaif tomonlarini alohida qayd etgan holda, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Loyiha gimnining o‘zbek va rus tillarida ijro etilishi esa kechaga nuqta yasadi.
Shunday qilib biz birinchi Zo‘r-Zo‘r STAR-konsertni tomosha qildik, hay’at a’zolari va ishtirokchilar bilan tanishdik. Oldinda bizni yana shunday 8 ta konsert kutmoqda, ular davomida biz 11 nafar omadli ishtirokchining ijodiy kamolini kuzatib borishimiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, loyiha Zo‘r-Zo‘r yoshlar brendi tomonidan taqdim etilib, “Fund Forum” va “Beeline” savdo belgisi tomonidan tashkil qilindi.
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi