“Bilayn” Zo‘r-Zo‘r MegaBit yangi tarifi: kuniga 5 Megabaytdan so‘ng Internetdan bepul foydalanish! Ehtiyot bo‘ling, berilib ketmang!

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) yangi Zo‘r-Zo‘r MegaBit tarifini kuniga 5 Mb dan so‘ng Internetdan bepul foydalanish imkoniyati bilan taqdim etadi.

“Bu aynan “Bilayn”ning millionlab abonentlari anchadan beri kutgan hodisadir, – deydi Unitel MCHJ tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Zo‘r-Zo‘r MegaBit shartlarini ishlab chiqishda biz bir vaqtning o‘zida internet-foydalanuvchlarning forum hamda ijtimoiy tarmoqlardagi tilaklarini ham inobatga olganmiz. Endilikda mijozlarimiz Tarmoqda sutka davomida bo‘lishlari mumkin, chunki 5 Megabaytdan so‘ng ular telefon orqali Internetdan bepul foydalana oladilar”.

beeline_1_04_2013

Yangi tarifda tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlarining bir daqiqasi $0,015 ni tashkil qiladi. O‘zbekiston bo‘yicha qolgan chiqish qo‘ng‘iroqlari – daqiqasi $0,03. Tarmoq ichidagi SMS va MMS – atigi $0,005. Abonentlik to‘lovi, boshqa tariflardagi kabi, sutka uchun $0,03. Barcha kirish qo‘ng‘iroqlari – bepul.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Zo‘r-Zo‘r brendi, eng avvalo, yoshlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan va biz Internetni yanada arzonlashtirishni istaymiz. Aynan shuning uchun biz boshqa tariflardan Zo‘r-Zo‘r MegaBitga o‘tishni bepul qildik. Bundan tashqari: Internet uchun hech qanday qo‘shimcha abonentlik to‘lovi ko‘zlanmagan”.

Yangi tarifga o‘tish kodi *110*500#.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system