Ucell bolalar uchun xayriya spektaklini o‘tkazdi
28.03.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Mobil aloqa operatori Ucell Muqimiy nomli o‘zbek drama va komediya teatrida OIV’ga chalingan bolalarning kunduzi o‘taydigan Markaz bolakaylari uchun xayriya spektaklini o‘tkazdi.

ucell_28_03_2013

Mazkur loyiha Usell bilan birgalikda OIV’ga chalingan bolalar kunduzi o‘taydigan Markazi tomonidan tashkil etildi. Navro‘z bayramini nishonlash doirasida tashkil etilgan tomoshaga maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, ularning ota–onalari, homiylar tomonidan taklif qilindi. Navro‘z O‘zbekiston aholisining eng kutilgan va sevimli bayramidir. Bu bahorgi bayram, qadimdan, tabiat uyg‘onishining ramzini ifodalagan. Shuningdek, u insonlarda ezgulik, muhtojlarga yordam berish, oliyhimmat va rahmdil bo‘lish kabi sifatlarni yuzaga keltiradi. Rivoyatlarga ko‘ra, Navro‘z qanchalik quvnoq va shodon o‘tsa, tabiat shunchalik insonlarga sahiyroq bo‘ladi. «O‘rmon Festivali» — bu bolalar uchun ajoyib ertak bo‘lib, unda maymunchalar, tulkilar, xo‘rozlar va boshqa o‘rmon hayvonlari qatnashadi. Ular kichik tomoshabinlarni yaxshilikni yomonlikdan ajratishga, mehribon va adolatli bo‘lishga o‘rgatadi.

ucell_28_03_2013_1

Usell tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan xayriya tadbirini tashkil etilishi va o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan. Har yili shunday aksiyalar bolalarga mehribonlik, shodlik, quvnoqlik va ularning yuzlariga tabassum bahsh etadi.

ucell_28_03_2013_2

“Ucell bugungi tadbirga o‘xshash xayriya aksiyasini birinchi marta o‘tkazayotgani yo‘q, — deb sharhlaydi, Ucell korporativ aloqalar bo‘limining rahbari Davron Azizov, — Ucell bu masalalarda faol ijtimoiy o‘rin egallagan, aholining moddiy va ma’naviy yordamga muhtoj bo‘lgan turli qatlamiga kuchi yetgancha ko‘maklashadi. Mazkur tadbirni tashkil etish bolakaylar uchun to‘laqonli hayot kechirish va ularning jamiyat a’zosi bo‘lishida o‘ziga ishonch va kelajakka umid bag‘ishlaydi.”

ucell_28_03_2013_3

ucell_28_03_2013_4

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq