TransPhone 2 gibrid planshet

Yaqin vaqt orasida TransPhone 2 gibrid planshetning yangi avlodi sotuvga chiqariladi, undan 8 duymli planshet kompyuter hamda 4 duymli smartfon sifatida foydalanish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar fikriga ishonadigan bo‘lsak, qurilma asosiy versiyasining bahosi $299 ni tashkil etadi.

transpad_28_03_2013

TransPhone smartfoni 845×480 pikselli zichlikdagi sensorli, 4-duymli ekranli, 1 GGts takt chastotali, ikkiyadroli protsessor, 512 Mbayt operativ xotira, shuningdek, microSD kartasi yordamida qo‘shimcha 8 Gbayt kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lib, foydalanuvchi ma’lumotlarini saqlash uchun 4 Gbayt xotira bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, foydalanuvchilarga 5 megapikselli kamera va 1500 mAch sig‘imga ega akkumulyator imkoniyatlari berilgan. Qurilma 8 duymli IPS-displeyga va 1024 x 768 nuqtali razresheniya hamda 4000 mAch sig‘imli akkumulyatorga ega. (TransPad) dok-stansiya qurilmasining yana bir tarkibiy qismi hisoblanadi. Operatsion tizim sifatida Android 4.1 Jelly Beandan foydalaniladi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘ziga qaraganda, bozorga TransPhone 2ning ketidan Pro-versiya qurilmasi chiqariladi. Odatdagidan farqli ravishda, 1 Gbayt operativ xotira, 8 Gbayt kiritilgan xotira, 32 Gbaytgacha va 8 megapikselli sig‘imli kamera bilan jihozlangan microSD kartasini qo‘llab-quvvatlaydi. TransPhone 2 Pro gibrid planshet xaridorlarga taxminan 399 dollarga tushadi.

Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar 32 Gbayt xotiraga, 3-megapikselli frontal kamera va smartfon TransPhone va TransPad uchun Gorilla Glass himoya oynasiga ega TransPhone 2 Pro+ modelini chiqarishni va’da qilmoqdalar. TransPhone 2 Pro+ ning bahosi $449 bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Manbа: www.tabletmaniak.pl

Orphus system