Robotkoinotga parvoz etadi
28.03.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Dentsu kompaniyasi Kibo loyihasi doirasida yaratilgan robotlar fotosuratlari va nomlarini e’lon qildi. Odamlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishga mo‘ljallangan ikki robotdan biri joriy yil yoz faslida kosmik kemada fazoga uchiriladi.
Robotlardan birining nomi — Kirobo va ikkinchisi Mirata bo‘lib, mazkur ismlar loyihaga tashrif buyuruvchilar tomonidan taklif etilgan 2452ta nomlar qatoridan tanlab olingan.
Kirobo roboti iyun oyida xalqaro kosmik stansiyaga yo‘naltiriladi va qish faslida yaponiyalik astronavt bilan uchrashadi. Mirata robotidan esa Kiroboga dublyor sifatida foydalaniladi. Mazkur robot yerda qoldirilib, bolalar uchun ta’limiy dasturlarda va tadbirlarda ishtirok etadi.
Robotning hajmi — 34 х 18 х 15 sm, og‘irligi — 1 kg. Robot ovozni tanish, tabiiy nutqni qayta ishlash, ovozni sintez qilishga qodir. U telekommunikatsiya funksiyalariga ega bo‘lib, inson chehrasini tanib, videoyozuvlarni amalga oshiradi.
Loyihada Dentsu mutaxassislari bilan bir qatorda, hamkasblari Tokio universiteti, Robo Garage va Toyota Motor kompaniyalaridan ham olimlar ishtirok etadilar. Hozirda loyiha ishtirokchilari robotni parvozga tayyorlash bilan shug‘ullanmoqdalar.
Manba: http://kibo-robo.jp