MWC 2013: ASUS stendida Fonepad va PadFone Infinity bilan tanishuv

ASUS kompaniyasi an’anaviy MWC doirasida alohida matbuot-anjumanini o‘tkazdi, unda ayrim yangi mobil mahsulotlari taqdim etildi. Ular har doimgidek mobil elektronikasi bozorida juda qiziqarli, ta’bir joiz bo‘lsa, noyob mahsulot bo‘lib chiqdi. ASUS pavilonlariga tashrif buyurganlar uning qurilmalari bilan yaqindan tanishdilar.

pad_28_03_2013

Eng avvalo, kompaniya Android 4.1.2 bazasidagi 7 duymli Fonepad planshetini e’lon qildilar, mazkur telefon ishlash imkoniyatlari sifati bilan ajralib turardi. Biroz ilgari Samsung shunga muqobil funksiyaga ega bo‘lgan Galaxy Note 8.0 ni taqdim etgandi. Ehtimol telefon shaklidagi 7 duymli planshetga ega bo‘lishni har kim ham istasa kerak, biroq foydalanuvchilarning shunday istakda bo‘lganlari telefonda unchalik ko‘p muloqotda bo‘lmay, o‘zlari bilan katta smartfon o‘rniga ixchamroq planshetni olib yurishni xohlaydilar. Bundan tashqari, Bluetooth-garniturasini doim ishlatish imkoniyati mavjud.

Qurilma tashqi qiyofasidan ASUS Nexus 7ni eslatadi va orqa tomondan metall qopqoqqa ega. O‘lchami ham 196,4 x 120,1 x 10,4 mm Nexus 7ga deyarli mos keladi, og‘irligi 340 grammdan iborat. IPS-ekranining zichligi 1280 x 800 ligicha qolgan. Shuni ta’kidlash zarurki, arzon narxli bir yadroli 32-nm Intel Atom Z2420 @1,2 GGts grafik PowerVR SGX 540 ga ega. Tegra 3ga taqqoslaganda, telefon funksionalligi WCDMA 850/900/1900/2100MGts va EDGE/GSM 850/900/1800/1900 MGts. Wi-Fi ni qo‘llab-quvvatlovchi Intel XMM 6265ni ta’minlaydi, Bluetooth ham mavjud.

pad_28_03_2013_1

Uning quvvat manbaini 16 Vtch sig‘imli batareya (Nexus 7da ham shunday) ta’minlaydi. Smartshetning asosiy afzalligi uning bahosi $ 250 bo‘lib, buning evaziga tejamkor va universal qurilmaga ega bo‘lishni xohlovchi o‘z xaridorlarini tez topsa ehtimol. Apparat kul rang va oltin tusli korpusga ega bo‘ladi.

ASUS taqdim etgan boshqa gibrid planshet va smartfon — Padfone Infinitydir. Avvalgi Padfone modellari ish tamoyilidan xabardor bo‘lganlar uchun aytish mumkinki, hozir gap 1080p ekranli, 5 duymli 600 Snapdragon protsessorli Android 4.2 smartfoni haqida bormoqda. U o‘zida planshetli dok-stansiyani (mazmun-mohiyatiga ko‘ra, 10,1-duymli ekran va yanada sig‘imi kattaroq batareyani) ifodalaydi.

Smartfon barcha hisoblash va birlashtirishlarni ta’minlaydi. PadFone Infinity Station dok-stansiyasi Full HD zichligiga ega, og‘irligi 530 gramm va 5000 mAch batareya bilan jihozlangan. Smartfonning og‘irligi 141 gramm bo‘lib, qator 2400 mAchli batareyaga, 2 Gbayt OZU, 32 Gbayt yoki 64 Gbayt flesh-xotiraga ega. Unga biriktirilgan kiritmalar orasida Wi-Fi 802.11b/g/n va WiFi Directli 802.11ac, Bluetooth 4.0, NFC mavjud. LTEni qo‘llab-quvvatlaydi.

pad_28_03_2013_2

PadFone 13Mp zichlikdagi va f/2.0 diafragmali, shuningdek, 2-Mp kamerali orqa tomonda ham kamera bilan jihozlangan. Planshet rejimida asosiy kamerasi avvalgidek qoldirilgan, yuzida esa 1-Mp modul bilan almashtirilgan. Videoko‘rsatuvlar esa Mobility DisplayPort (MyDP) orqali qo‘llab-quvvatlanadi.

Dastlabki e’lon qilingan narx 1000 yevro ekanligini hisobga olsak, yevropada qurilma o‘zining noyobligi bilan xaridorlarni jalb etishi kerak. Afsuski, smartfon ekrani katta (5 duymli), uning evaziga qurilma dok-stansiyasiz ham ayrim planshet funksiyalarini namoyish eta oladi.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system