Ko‘z nazar tashlashi boshqaruvida ishlaydigan ma’lumot beruvchi-ko‘zoynaklar

O‘tgan yili Google tomonidan Project Glass taqdim etilganidan so‘ng, smart-ko‘zoynak mavzusi ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar va tadqiqot markazlari uchun dolzarb mavzuga aylandi.

Germaniyaning SensoMotoric Instruments (SMI) kompaniyasi va sun’iy intellekt bo‘yicha (DFKI) tadqiqot markazining hamkorlikdagi ishlari bunga yaqqol dalil bo‘ladi. Ular tomonidan qo‘shimchalar to‘ldirilgan ko‘zoynak yaratildi. Qurilma inson ko‘z qarashi harakatlari yo‘nalishlarini kuzatadi va uni boshqarishda mazkur ma’lumotlardan foydalanadi.

Foydalanuvchining qayerga qarayotganligini kuzatadi va unga asosan ajoyib apparatli tizimning dasturiy yechimlarini o‘zida mujassam etgan, agar inson nazari biror narsaga, masalan, bino yoki boshqa odamga qarab to‘xtab qolsa, unga obyektlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni yetkazadi. Loyiha Gannoverda mart oyining boshida bo‘lib o‘tgan CeBIT ko‘rgazmasida rasman taqdim etilgan.

google_28_03_2013

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar mazkur Talking Places interfaol sayyohlik gidli tizimni sinab ko‘rishga muyassar bo‘ldilar. Mazkur ilovalar tizimning asosiy funksiyalarini yanada yorqinroq ifodalaydi. Inson nazari yo‘naltirilgan obyekt haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Tizim me’moriy obyektlarni vizual algoritm yoki geolokatsion ma’lumotlar yordamida identifikatsiya qiladi. Qurilma displeyi mavjud emas, ma’lumotlar ovozli formatda beriladi. Tizimga ma’lumotlar audiofayllarga muvofiq yuklanadi, foydalanuvchi esa uni ko‘zoynaklarga biriktirilgan naushnik orqali eshitadi.

Shunday ko‘zoynakning yana bir namunasi Palatinat San’at Galereyasi (GFR, Kayzerslautern shahri)da testdan o‘tkazilgan, interaktiv ko‘zoynaklardan virtual sayyohlarni boshlovchi sifatida foydalanilgan. Tashrif buyuruvchi biror o‘zini qiziqtirgan eksponatga qaraganida, tizim u haqidagi audioaxborotni naushnik orqali bayon etgan. Kelajakda DFKI muhandislari tizimni funksional kengaytirib, unga foydalanuvchini qiziqtirgan mavzuda grafik illyustratsiyani namoyish etishi uchun displey o‘rnatishni rejalashtirganlar.

Manba: www.slashgear.com

Orphus system