Kаlligrafiya, orfografiya va grammatikani tekshirish funksiyasiga ega Lernstift – avtoruchkasi

pen_28_03_2013

Оdamlar qog‘oz va ruchkadan foydalanishdan umuman voz kechishlaridan oldin ehtimol, bu sohada ko‘plab kashfiyotlar yaratilishi sodir bo‘lishga ulgursa kerak.

Lernstift gadjet avtoruchkadan iborat bo‘lib, foydalanuvchining savodxonligini tahlil qilishga hamda egasining yo‘l qo‘ygan turli xil: kalligrafik, orfografik va grammatik xatolardan xabardor qilishga qodir. Mazkur mahsulot dastavval endigina yozishga o‘rganayotgan bolalarga mo‘ljallab ishlangan, biroq u ayrim katta yoshdagilarning ishlarida ham yordam bera oladi.

Ushbu yangilik ikki rejimda ishlaydi: birinchidan, u faqat kalligrafiyani, ikkinchidan — orfografiya va grammatikani tahlil qiladi. Agar foydalanuvchi kalligrafik yoki orfografik xatolikka yo‘l qo‘ysa, ruchka vibratsiya orqali bu haqda xabar beradi; grammatik xatolikda esa ikki bor ortiq tebrana boshlaydi. Mazkur shaklda xabardor etilgan Lernstift foydalanuvchisi tezroq to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rganadi. Qurilmaning ko‘rsatmalari tarkibida Wi-Fi-modul va sensor harakatlar kiritilgan bo‘lib, u Linux boshqaruvida ishlaydi.

Hozircha Lernstift qay darajada to‘g‘ri va muvaffaqiyatli ishlashi va o‘z vazifasini bajarishi haqida fikr yuritish qiyin, axir mohiyatiga ko‘ra mazkur mahsulot ishlanmasida qo‘lyozmalarni tanib, o‘qiy olishida smartfon va planshetniklardagi ilovalar tamoyillariga asoslangan, ularni esa takomillashgan deb bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, ehtimol, Lernstiftda qandaydir yangiliklar kiritilgandir. Taxminiy bahosi — 120–150 yevroni tashkil etishi sababli, mahsulotning bunday yuqori narxi evaziga shunday deb umid qilmoqdalar.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system