Ijodkorlar uchun planshet
28.03.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Wacom texnologiyasidan ko‘plab zamonaviy mobil planshetlarida foydalaniladi, sezgir elektron pero bilan jihozlangan, biroq hozirgacha kompaniyaning o‘zi shiddat bilan rivojlanayotgan bunday qurilmalar bozoriga chiqishga intilmay, balki odatiyroq grafik planshet ishlab chiqarishni afzal ko‘rmoqda.
Biroq hammasi o‘zgarib ketishi mumkin — rassom va dizaynerlar uchun taniqli manipulyatorlar ishlab chiqaruvchi Facebookning rasmiy sahifasida bu yil yoz faslida bozorga professional pero, multisensorli imkoniyatga ega va HD-displey bilan jihozlangan mobil planshetlarini olib chiqishga harakat qilayotganligini ma’lum qildi.
Qurilmada foydalaniladigan operatsion tizimi, protsessor yoki boshqa biror detallari haqida ma’lumot berilmagan, biroq planshet qurilmasi Cintiq lineykasi imkoniyatiga ega bo‘lsa, unda mahoratli ijodkorlar bilan bir qatorda raqamli ijodkorlik ishqibozlari orasida ham mazkur planshet keng doirada ommalashishi mumkin.
Manba: www.engadget.com