Corning Willow Glass egiluvchan oynadan ishlangan qurilma uch yildan keyin paydo bo‘ladi

O‘tgan yil yoz faslida Corning Willow Glass kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan egiluvchan, o‘ta chidamli oynasi Corning Glass Technologies kompaniyasi prezidenti Jeyms Klappin (James Clappin)ning fikriga muvofiq, 2016-yildan avval qurilmalarda paydo bo‘lmaydi. Corning rahbarining fikricha, kompaniyalar Willow Glass oynasidan qanday mahsulotlarda foydalanilishi borasida aniq to‘xtamga kelishlari uchun vaqt talab etiladi.

glass_28_03_2013

«Odamlar o‘ram qilib, taxlash mumkin bo‘lgan oynani hali tasavvur eta olmaydilar, — dedi Klappin Bloomberg resurslari uchun bergan intervyusida. Bunday oynadan mahsulotlarda foydalanish imkoniyati hozircha cheklangan». Bundan tashqari, Corning Glass rahbari ayrim oddiy mahsulotlarda Willow Glass bu yilning o‘zidayoq paydo bo‘ladi deb va’da berdi. Foydalanish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarga misol tariqasida, quyosh elementlari uchun egiluvchan to‘siqlar va sensorli ekranlar uchun panellarni ko‘rsatdi.

Corning kompaniyasi 161 yil ilgari tashkil etilgan. U ishlab chiqargan oynalardan Tomas Edison lampalarini ishlab chiqarishda foydalanilgan. 2012-yilda Gorilla Glass oynalarining sotilishidan olingan daromad $1 mlrd. dan oshib ketgan. Klappin sensorli ekranli noutbuklar ommaviylashish darajasi o‘sib borishi munosabati bilan kompaniya savdo hajmi ham o‘sib borishini ma’lum qildi.

Manba: www.bloomberg.com

Orphus system