Zo‘r-Zo‘r Uzbekistan Cyber Games FIFA 2013: barchada futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioniga aylanish imkoni bor

beeline_27_03_2013

2013 yil 27 mart, Toshkent. Yagona aloqa operatori “Bilayn” O‘zR Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ko‘magida “Kelajak ovozi” Yosh tashabbuskorlar markazi va InfoCOM.UZ jurnali tomonida tashkil qilingan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Bosh homiysi bo‘ldi. “Biz – yagona jamoa, biz – yagona oila” yoshlar aksiyasi doirasida 29 martdan 27 aprelga qadar bo‘lib o‘tadigan turnir AIMAG Incheon 2013 yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo oyinlarining saralash bosqichi hisoblanadi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Chempionat tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov shunday dedi: “Ketme-ket ikki mavsumdan beri biz “Kelajak ovozi” bilan hamkorlikda “Bilayn”ning homiylik ko‘magi ostida e-sport bo‘yicha keng ko‘lamli musobaqalarni tashkillashtirib kelmoqdamiz. O‘tgan yili mamalakatning beshta shaharida biz a’lo darajadagi chempionat o‘tkazib, eng yaxshi geymerlarni jahon chempionatining finaliga jo‘natdik. Bu safar esa biz O‘zbekistonning barcha viloyatlarida ilk bor bu kabi keng ko‘lamli yoshlar loyihasi doirasida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilikni tashkillashtirmoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda e-sport bo‘yicha musobaqalar 2003 yildan beri o‘tkazilib kelinmoqda. 2004 yildan mamlakatimiz Jahon chempionatlarida, 2007 yildan esa – Osiyo o‘yinlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Milliy geymerlar ilgari 2007 va 2009 yillarda Osiyo oyinlari sovrindorlari bo‘lishgan va joriy yilda O‘zbekiston ham ushbu nufuzli musobaqalarda taqdim etiladi.

“E-sportni qo‘llab-quvvatlash Beeline ning O‘zbekistondagi an’anaviy xayrli ishlaridan biriga aylandi, — qayd qildi Unitel MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk. – Nafaqat jamiyatni kompyuterlashtiirirsh va axborotlashtirish jarayonlariga, balki yoshlamizni barkamol o‘sib borishiga ham o‘z hissamizni qo‘sha olishimizdan faxrlanamiz. Ishonaman-ki chempionat yuqori darajada bo‘lib o‘tadi va eng kuchlilarga chin qalbimdan g‘alabalarni tilab qolaman. Har holda, milliy terma jamoasining Osiyo birinchiligida munosib ishtirok etishi aynan shunga bog‘liq”.

Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 chempionati ikki bosqichdan iborat. 29 martdan 24 aprelga qadar barcha viloyatlarda hududiy saralash turnirlari bo‘lib o‘tadi. “Biz – yagona jamoa, biz – yagona oila” aksiyasining ishtirokchilari barcha viloyatlarga tashrif buyurishadi. Aksiya yo‘nalishi 5000 kilometrni tashkil qiladi, bunda har bir viloyatda bir necha aksiya va tadbirlar o‘tkaziladi, unda 15 000 dan ortiq yoshlar ishtirok etadilar. Har bir shaharda mashhur milliy estrada yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert tashrifning yorqin natijasiga aylanadi. Shuningdek, aksiya doirasida ilk bor FIFA 13 sport simulyatori bo‘yicha mamlakat chempionatining bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

Viloyatlarda o‘tkaziladigan turnirlar jadvali:

1. Gulistondagi turnir – 29 mart
2. Jizzaxdagi turnir – 30 mart
3. Navoiydagi turnir – 1 aprel
4. Urganchdagi turnir – 3 aprel
5. Nukusdagi turnir – 4 aprel
6. Buxorodagi turnir – 6 aprel
7. Termizdagi turnir – 8 aprel
8. Qarshidagi turnir – 10 aprel
9. Samarqanddagi turnir – 12 aprel
10. Namangandagi turnir – 16 aprel
11. Andijondagi turnir – 17 aprel
12. Farg‘onadagi turnir – 18 aprel
13. Toshkentdagi turnir – 24 aprel

Viloyatlardagi saralash turnirlarining g‘oliblari viloyat chempioni nomini oladilar va “Bilayn”dan qimmatbaho sovg‘alarni, shunigdek 27 aprel kuni poytaxtda bo‘lib o‘tadigan Zo‘r-Zo‘r UCG FIFA 2013 milliy finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. Milliy final g‘olibi 2013 yil 29 iyundan 6 iyulga qadar Janubiy Koreyada Osiyo Olimpiya Kengashi va O‘zbekistom Milliy olimpiya qo‘mitasi homiyligi ostida AIMAG Incheon 2013 yopiq binolarda o‘tkaziladigan IV Osiyo oyinlariga yo‘llanma oladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system