Zo‘r-Zo‘r Star: bundan-da yorqini yo‘q!
26.03.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_26_03_2013

Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Safronyuk dekabrda jurnalimizga bergan intervyusida butun mamlakat bo‘ylab minglab yosh yigit va qizlarni yagona maqsad ostida birlashtirish naqadar ajoyib voqea bo‘lishini aytib o‘tgan edi. 2013 yilda esa ushbu tezis Beeline Fund Forum bilan hamkorlikda tashkil qilgan Zo‘r-Zo‘r Star musiqiy teleloyihasi ko‘rinishida ulkan ifodasini topdi.

beeline_26_03_2013_1

“Zo‘r-Zo‘r yoshlar brendi taqdim etadi!..” –15 fevralda loyiha boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ushbu sehrli so‘zlar ilk bor e’lon qilinganida, uning ko‘lamini tasavvur qilish qiyin edi. Biroq kunlar o‘tgan sari kastingda ishtirok etish uchun tushgan arizalar soni tinmay o‘sib bordi va martning boshida ularning soni bir necha minglarga yetdi. Xuddi sehrli tayoqcha yordamida surati hamda siyrati Zo‘r-Zo‘r Star-akademiyasiga aylanib qolgandek tuyuladigan Yoshlar ijodiyot markazi esa o‘z-o‘zidan tashkilotchilar tomonidan qo‘yilgan yuqori talabning ramzini ifodaladi.

beeline_26_03_2013_2

beeline_26_03_2013_3

Loyiha kasting boshlanishidan ancha oldin ham yoshlar, ham yulduzlar orasida hazilakam bo‘lmagam shov-shuvga sabab bo‘lganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. 6 martning o‘zida Rossiyaning mashhur “Golos” teleloyihasining ishtirokchisi Svetlana Saydiyeva intervyularidan birida shunday degan: “Hozirda menga juda ko‘p odamlar tanlovga tayyorgarlik ko‘rish masalasida murojaat etmoqdalar. Ularning orasida anchadan beri vokal bilan shug‘ullanib kelayotganlar, ilgari qo‘shiq aytib yurib, keyinchalik butunlay boshqa sohaga o‘tib ketganlar ham bor edi. Barcha “yulduzli” imkoniyatdan foydalanib qolishni istaydi!.. O‘ylayman-ki, Zo‘r-Zo‘r Star ko‘p yangi nomlarni ochadi, chunki mamalkatimiz yoshlari chindan ham qobiliyatli! Agarda bo‘lagak g‘olib yulduzlarni shunchaki “yondirmay”, keyinchalik ham qo‘llab-quvvatlasalar, bu katta voqeaga aylanadi!”.

beeline_26_03_2013_4

Bir haftadan keyin ushbu so‘zlarni O‘zbekistonning turli burchaklaridan talabgorlarni jamlagan kasting to‘liq tasdiqladi. Bolalarning yonuvchan ko‘zlari, ularning haqiqiy hayagon va shijoati saralash bosqichlarini nafaqat yorqin va jo‘shqin, balki haqiqatan-da ta’sirchan tomoshaga aylantirdi. Barchada o‘zini namoyon qilish imkoni bor edi va saralash komissiyasining a’zolari jarayonga nafaqat mas’uliyat, balki ehtiyotkor bilan yondashdilar ham, chunki ko‘pchilik nomzodlar hech shubhasiz yetuk vokalchilar edilar va shu vaziyatda faqatgina 11 ta eng yaxshilarni tanlash vazifasi turgan edi.

beeline_26_03_2013_5

Iste’dodni aniqlash – chindan ham oson vazifa bo‘lmaganligi tufayli, ehtimol, iste’dodiga hech kim shubha qilmaydigan insonlar – yetuk va barcha tomonidan tan olingan estrada yulduzlari yordamga chorlandilar.

beeline_26_03_2013_6

Zo‘r-Zo‘r Star kastingiga birinchilardan bo‘lib Ozodbek Nazarbekov qo‘shdi va shunday dedi: “O‘zbekistonda bu kabi musiqiy loyihani allaqachon hayotga tatbiq etish zarur edi. Meni hatto tanlov ishtirokchlariga havasim kelayapti, chunki o‘z ijodiy yo‘limni boshlagan davrda bunday imkoniyatlar bo‘lmagan…”

beeline_26_03_2013_7

Ishtirokchilar hamda ularning yaqinlaridan tashqari kasting o‘tishi jarayonini Internet-foydalanuvchilar ham diqqat bilan kuzatib borganlar: www.odnoklassniki.ru va www.facebook.com saytlaridagi Beeline Uzbekistan korporativ sahifalariga navbatdagi bosqichning fotoalbbomlari joylashtirilib borilgan. Qayd qilish joiz, “Odnoklassniki” Zo‘r-Zo‘r Star loyihasining boshlangan paytdan, uning ijtimoiy tarmoqlardagi axborot hamkori sifatida ko‘maklashdi. Bundan tashqari, Zo‘r-Zo‘r Star matbuot xizmati ilk kunlardanoq rasmiy saytda yangiliklarni uzluksiz tarzda berib bordi, shunday ekan, birinchi matbuot anjumanida e’lon qilinganidek, tashkilotchilar tanlovning yuz foizlik ochiqligini ta’minlab berdilar. Mashhur qo‘shiqchi Shahzoda bu haqda quyidagilarni alohida qayd qildi: “Tanlov ishtirokchilarining shijoati boshqalarga ham o‘tmoqda, ular shunchalar hayajondalar-ki, keyingi bosqichga kim o‘tishini, kim qolishini hal etish – oson bo‘lmagan va katta mas’uliyat talab etadigan vazifa. Shunday vaziyatlar bo‘ladi-ki, unda ishtirokchining keyingi bosqichga o‘tishiga ozgina yetmaydi, barchani esa o‘tkazib bolmaydi. Ana shu haqiqatan ham achinarli holat. Bilasizmi, bitta ishtirokchining ko‘zlarida bir dunyo umid bor edi, u shunchalar harakat qildi-ki, bor imkoniyatini ishga soldi, biroq… Biz unga mashq qilishda davom etishni, o‘z ustida ishlashni maslahat berdik. Umid qilamiz-ki, keyingi yilda u qolipga tushadi va shunda vaziyat aniq boshqacha yakun topadi. Afsuski, bu kabi holatlar anchagina: ko‘pchilik ishtirokchilar menda chuqur taassurot qoldirdi”.

beeline_26_03_2013_8

Shunga qaramay, bugungi kunda noyob loyihaning ishtirokchilari aniqlangan va ular birinchi mashg‘ulotlarni boshlab yubordilar. Ularni oldinda uzoq o‘quv jarayoni, “yulduzli” ish kunlari va Zo‘r-Zo‘r Star nomiga to‘la huquqni qo‘lga kirita oladigan yagona ishtirokchini aniqlashga qaratilgan yanada kuchli saralash bosqichi kutmoqda. O‘z navbatida, Beeline va Fund Forum buning uchun tashkiliy masalalar darajasini munosib ta’minlagan holda, bor imkiniyatlarini ishga soldi, bundan hatto Nasiba Abdullayeva ta’sirlandi. “Loyiha, kasting, ularning talablari va shartlarini ko‘rib, lol qoldim, – deydi qo‘shiqchi. – Biz, san’atkorlar anchadan beri buni orzu qilar edik va uni amalga oshishiga ishonmay qo‘ygan edik. Odatda, boshqa tanlovlarda bo‘lganimda, u yerda ishtirokchilarga mutlaqo boshqa talablar qo‘yilgan edi. Mening kasbga oid fikrlarim hamma vaqt ham boshqalarga tushunarli bo‘lmagan. Zo‘r-Zo‘r Star loyihasi umuman boshqa darajani namoyon qiladi, aynan unda haqiqiy iste’dod egalarini aniqlash imkoni bor. Zo‘r-Zo‘r Star HODISAGA aylanishiga ishonaman!”

Nima ham deymiz, vaqt ko‘rsatadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak – butun bahor davomida Forum TV efirida va www.zurzurstar.uz saytida ko‘ramiz.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq