Yakzon: «Yaxshi loyiha doim ilhomlantiradi!»

Zo‘r-Zo‘r STAR-akademiya tashkil etilgan paytdan buyon unda O’zbekiston madaniyati, san’ati va, albatta, shou-biznesi olamining mashhur vakillari tez-tez paydo bo‘la boshladi. O’zbek bastakori, shoir va qo‘shiqchi Yakzon ana shunday mehmonlardan biriga aylandi. Qayd etib o‘tamiz, loyiha madhiyasining o‘zbek tilidagi matni aynan uning qalamiga mansub.

Shu va yana boshqa ko‘p narsalar haqida Yakzon biz bilan bajonidil suhbatlashdi:

— Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi haqida qishdayoq eshitgandim. Qo‘shiq kuylaganim uchun do‘stlarim menga kastingda qatnashishni taklif etishdi. To‘g‘risini aytsam, biroz hayron bo‘ldim, chunki shou-biznesda 10 yildan buyon faoliyat yuritaman, o‘zim yozgan qo‘shiqlarni ijro etaman. Tanlovda qatnashmaslikka qaror qildim, axir u o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan iqtidorlar uchun-da, ammo baribir tanlov haqida ko‘proq bilib olishga qaror qildim.

beelineya_26_03_2013

Zo‘r-Zo‘r STAR — darhaqiqat, juda o‘z vaqtida tashkil etilgan loyiha bo‘lib, u yoshlarga yordam beradi, chunki mamlakatimizda iste’dodli yigit-qizlar ko‘p. Tanlov shu iste’dodlarni kashf etishga ko‘maklashib, yosh va istiqbolli artistlarga yo‘l ochib beradi.

Madhiya haqida gapiradigan bo‘lsam, uni juda tez yozdim, “bir nafasda” yozdim deb aytishim mumkin, u tashkilotchilarga juda yoqdi. Ijod davomida haqiqiy lazzat oldim. Sababi ravshan, deb o‘ylayman – yaxshi loyiha doim ilhomlantiradi! Agar u istiqbolsiz bo‘lsa, unda ish og‘ir kechadi. O‘z tajribamdan bilamanki, agar ijod yengil kechsa, demak, bu loyiha va undagi odamlar ajoyib ekanidan dalolat beradi!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system