“Bilayn” Janubiy hududiy filialiga – 6 yil
26.03.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida xizmat ko‘rsatuvchi Janubiy hududiy filialning (JHF) 6 yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda.

Faoliyat yakunlarini sarhisob qilar ekan, Unitelning hududiy rivojlantirirsh bo‘yicha direktori Abay Kolanov quyidagilarni qayd qildi: “Janubiy fililal katta agrar va sanoat salohiyatiga, shuningdek umumiy aholisi qariyb 5 million kishiga ega ikkita yirik viloyatlarni birlashtiradi. Olti yil davomida biz asosiy stansiyalar sonini o‘n barobar oshirdik va zamonaviy tarmoqni barpo etib, 3G texnologiyasini ishga tushirdik. Mazkur ishlar a’lo darajadagi natijalarni berdi: bugungi kunda biz O‘zbekistonning Janubiy bozorida dadil yetakchilik qilmoqdamiz”.

beelinen_26_03_2013

2007 yil mart oyida filial ishga tushgan paytdan beri “Bilayn” aloqasi Tolimarjon, Pomiq va Boysun kabi chekka tumanlar aholisi uchun ham amal qila boshladi, abonentlar soni esa 20 barobardan ortiqqa o‘sdi.

“Hamkorlarimiz yordamida sakkiz yuzga yaqin savdo shoxobchalarini tashkil qildik, u yerda abonentlarimiz “Bilayn” tarmog‘iga ulanishlari yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin, – deydi Unitel JHF direktori Ulug‘bek Ahmedov. – Servisning an’anaviy yuqori sifati hamda konvergent takliflar ko‘pdan-ko‘p korporativ mijozlarni jalb qilmoqda. Ularning orasida “O‘zgeoneftegazburg‘ilash” AK, “O‘zgeoneftegazqazibolish” AK, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “Surxonteks” QK, “Kotton-Rout” QK va ko‘plab boshqalar. “Nasaf” futbol klubi o‘z tanlovini “Bilayn” foydasiga hal qilganligini alohida iftixor bilan ta’kidlab o‘tmoqchiman”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq