Beeline Club Navoiyda kengaymoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Navoiydagi Moscow Club klubining Beeline Club hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida xabar beradi. Gold va Platinum imtiyozli kartalari mijozlarga taom hamda kokteyllarga buyurtma berishda tegishlicha 10% va 15% lik chegirmalarni kafolatlaydi.

“Poytaxtdagi ko‘pchilik klublar Beeline Clubga kirgan va biz viloyatlardagi hamkorlarimiz ro‘yxati to‘ldirilganidan mamnunmiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Bonusli dasturning hamkorlik tarmog‘i mutassil kengayib bormoqda va bu jiddiy chegirmalar hisobiga ham kompaniya, ham mijozlarga naf keltirmoqda”.

beelinec_26_03_2013

28 mart kuni Moscow Club Beeline Club ko‘magida ushbu dargohning hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi sharofatiga “A u nas Vesnasss” nomli bahor kechasini tashkil qilmoqda. Unda chiroyli raqamlar, internet- va SMS-paketlar, shuningdek imtiyozli klub kartalari o‘ynaladi.

Batafsil ma‘lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system