Alevtina Boreyko: «Zo‘r-Zo‘r STAR tanlovining saviyasi juda yuqori»

Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasining saralash komissiyasi tarkibiga nafaqat o‘zbek estradasi vakillari, balki mashhur aktyorlar, taniqli xoreograflar ham kirdi. Ular kasting ishtirokchilarining vokal ko‘rsatkichlari bilan birgalikda yigit-qizlarning aktyorlik mahorati, plastikasi, sahnada o‘zini tutish qobiliyatini ham baholashdi.

beeline_25_03_2013

Xususan, kastingning to‘rtinchi kunida saralash komissiyasiga Sport telekanalining boshlovchisi, xoreograf Alevtina Boreyko ham qo‘shildi. U biz bilan ishtirokchilar va, umuman, loyiha haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi:

Kasting paytida yigit-qizlarning ko‘pchiligi o‘zlarini dadil tutishdi. Mening umidlarim “50 ga 50” bo‘ldi deyishim mumkin: kimdir o‘zini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, kimnidir esa qattiq hayajon chulg‘ab oldi. Ba’zi ishtirokchilarning qo‘llari qaltirayotgani, ovozlari o‘zgarayotgani ko‘rinib turdi. Men alohida e’tibor bergan aktyorlik mahorati va xoreografiyani hammayam yaxshi ko‘rsata olmadi. Biz shunchaki yaxshi vokalchilarni emas, balki san’atkorlik mahoratiga ega va o’z tanasini boshqara oladigan ishtirokchilarni tanladik.

Tanlovning hayratlanarli jihozlanishi va tashkil etilishi kishini lol qoldirdi. Loyiha juda yuqori darajada tashkil etilgan. Men shunday ko‘lamli loyihada qatnashayotganimdan mamnunman. Bu men ichkaridan kuzatayotgan birinchi loyiha emas, shuning uchun taqqoslashim mumkin. Tanlovning saviyasi haqiqatan ham biz kutganimizdan ancha yuqori bo‘lib chiqdi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system