Namangan viloyatida «Bilayn» aloqasining sifati ancha yaxshilandi

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) Namangan viloyati hududida GSM va 3G tarmoqlarining sig‘imi hamda qamrov zonasi kengaytirilganligi haqida xabar beradi.

«Namangan — Vodiydagi katta o‘sish salohiyatiga ega viloyat va keyingi oylarda aholini sifatli «Bilayn» aloqasi bilan ta’minlash borasida ancha ishlar qilindi, — deydi Unitelning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. — Bugungi kunda tarmog‘imiz viloyatning barcha aholi punktlarini deyarli yuz foiz qamrab olgan va biz uni sig`imini oshirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqdamiz».

Qo‘shimcha uskuna o‘rnatilishi natijasida Namangan viloyatining Mingbuloq va Chust tumanlarida aloqa sifati yaxshilandi. Yangi stansiyalar tufayli xizmat va servis darajasi oshishi bilan birga Namangan, Haqqulobod va Chust shaharlarida tarmoqning qamrovi kengaytirildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov quyidagilarni qayd qildi:«Ikki yarim yil avval Farg‘ona vodiysining Namangan hamda boshqa yirik shaharlarida uchinci avlod tarmog‘i ishga tushirilgan. Shunday ekan, hozirgi kunda abonentlarga tezkor Internetni taqdim etish ustuvor vazifamizdir. Aynan shuning uchun keyingi paytlarda Sharqiy filial tomonidan 3G asosiy stansiyalarning asosiy qismi Namangan, Chust va Haqqulobodda o‘rnatilgan».

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system