Xasan va Xusan Solihovlar Zo‘r-Zo‘r Star loyihasi, ishtirokchilar va mahorat darslari haqida

Kasting tugaganidan keyin loyiha ishtirokchilari muvaffaqiyatdan bahra olishga ulgurmasdan yana ishga sho‘ng‘ib ketishdi. Har kuni ularning ish jadvali ko‘p sonli mashg‘ulotlar va treninglarga to‘la. Bugun erta tongdan Zo‘r-Zo‘r Star-akademiyada 11 nafar ishtirokchi hamda pedagoglarning baland ovozlarini eshitish mumkin edi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda aktyorlik mahorati va sahna nutqi bo‘yicha mahorat darslari o‘tayotgan ekan. O‘zini to‘liq erkin tutishni o‘rganishda yigit-qizlarga aktyorlar Xasan va Xusan Solihovlar yordam bermoqda. Ular bizga ishtirokchilar bilan tanishuv hamda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar borasidagi ilk taassurotlari haqida gapirib berishdi.

? Biz yigit-qizlar bilan tanishdik, yaqin orada ularni nima kutayotganini umumiy chizgilarda tushuntirgan holda, sahna nutqi va aktyorlik mahorati bo‘yicha dars o‘tdik. Yulduz bo‘lish oson, artist bo‘lish esa qiyin. Ishtirokchilar, shubhasiz, iste’dodli, yangi bilimlarni tez ilib olishyapti. Albatta, ularning hammasi o‘z ustida ishlashi kerak. Gap shundaki, ular birinchilar, shu bois ularga nafaqat loyiha tashkilotchilari, balki ularga katta umid bilan qarayotgan tomoshabinlar tomonidan ham yuqori talablar qo‘yiladi. Ular – kashshoflar. Hammasi ularning o‘zlariga bog‘liq. Agar ular shu loyihaga tushishni xohlashsa, ular qandaydir ma’noda “omadli” ekanliklarini anglashlari kerak.

beeline_20_03_2013

Biz ba’zi bir ishtirokchilar kamera bilan “o‘ynashayotganini” sezib qoldik. Bu kerak emas, bu ularga faqat xalaqit beradi, xolos. Tomoshabin artistni qanday bo‘lsa, shundayligicha, hech qanday soxtaliksiz ko‘rishi kerak, ana shunda u shaxsni baholay oladi. Biz buni yigit-qizlarga tushuntirdik.

Zo‘r-Zo‘r Star — mamlakatimizda o‘xshashi bo‘lmagan yagona loyiha. Biz o‘zimiz ham prodyuserlik loyihasining ishtirokchilari bo‘lganmiz, shu bois, avvalo, artistning o‘zi o‘z ustida unumli va ongli ravishda ishlashi kerakligini, aytishimiz mumkin. Ana shundagina artistga yaxshi prodyuser kerak bo‘lmaydi, balki artistning o‘zi har qanday prodyuserga qiziqarli bo‘ladi. Asosiy manzil – tomoshabin. Uning yuragini zabt etish – eng murakkab vazifa. Agar inson bunga qodir bo‘lmasa, hech qanday nomdor prodyuser ham vaziyatni o‘zgartira olmaydi.

Mazkur loyihada shunisi alohida yoqdiki, ta’lim jarayonining butun muhimligi va jiddiyligi yigit-qizlarni ijodkor shaxslar sifatida rivojlantirishga qaratilgan. Loyihada o‘zbek va xorij shou-biznesining ko‘p sonli megaprofessionallari pedagoglar va tashkilotchilar sifatida qatnashayotganining o‘zi bunga dalildir.

Biz pedagog sifatida butun tanlov davomida badiiy rahbarimiz Nabi Abdurahmonovning ziyrak rahbarligi ostida ishtirokchilarni aktyorlik mahoratiga o‘rgatamiz. Bizning vazifamiz – ularni eng yaxshilardan biriga aylantirish. Axir Zo‘r-Zo‘r Starni bekorga tayyorlayotganimiz yo‘q-da! Ular hali bunday loyihaga tushishning o‘zi ularni boshqalardan ajratib turishini va ularning oldida katta imkoniyatlarni ochishini oxirigacha tushunib yetishmagan. Ammo bilish, tushunish va rivojlanish istagisiz, bu yerda bo‘lishga hojat yo‘q. Buni ular sahnaga chiqqanlarida, albatta, tushunib yetishadi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system