iPhone 5 uchun «Bilayn» nanoSIM-kartalarning yangi to‘plami sotuvga chiqarildi
20.03.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton MCHJ QK) Kompaniyaning savdo ofislariga iPhone 5 uchun nanoSIM-kartalarning yangi to‘plami keltirilganligi haqida ma’lum qiladi.

«Bilayn» mijozlarini qisqa tanaffusdan so‘ng, nanoSIM-kartalarga ulanish yangilanganligidan xabardor qilishdan mamnunmiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning ommaviy bozordagi savdo masalalari direktori Maksim Yefremov. – Hozirda «Bilayn»ning Toshkent va butun mamlakat bo‘ylab joylashgan ofislarida nanoSIM li raqamga ulanish yoki amaldagi SIM-kartani unga almashtirish mumkin».

beelinen_20_03_2013

NanoSIM formati 2012 yil iyunda Yevropa. telekommunikatsion standartlar instituti tomonidan tasdiqlangan. SIM-karta hajmining kichraytirilishi smartfon ichidafi joyni tejash imkonini beradi, uskuna korpusi ichidagi bo‘shagan joy boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkun. Yangi SIM-kartalar xotira hajmi hamda vazifalari bo‘yicha bugungi kunda muomalada bo‘lgan kartalardan hech nimasi bilan farq qilmasa-da, o‘lchamlari bo‘yicha ancha kichik: nanoSIM o‘lchami 9×12 mm (microSIM dagi 15×22 mm ga nisbatan), nanoSIM eni esa taxminan 15% kichik.

Eslatib o‘tamiz, 2012 yilda «Bilayn» O‘zbekiston operatorlaridan birinchi bo‘lib abonentlarga yangi avlod smartfonlari uchun nanoSIM ni taklif qilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq