Nasiba Abdullayeva: «Shunday tanlov oldin bo‘lganida edi, unda, albatta, qatnashgan bo‘lardim!»

Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasining saralash komissiyasi tarkibidan bir guruh mashhur kishilar ham o‘rin olishga ulgurdi. Eng yaxshilarni tanlab olish vazifasi o‘zbek estradasi namoyondalarining zimmasiga yuklandi. Bundan ayniqsa ishtirokchilarning o‘zlari xursand.

Shunday siymolar oldida kuylash va ularning qimmatli maslahatlarini olish – bundan ham kattaroq mukofot bormi!? Buning ustiga iste’dodni artistlarning o‘zidan boshqa kim ham yaxshiroq aniqlardi? Nasiba Abdullayeva saralash komissiyasining boshqa a’zolari bilan birgalikda ishtirokchilarning chiqishlarini kechgacha baholadi. Mashhur xonanda har bir ishtirokchiga samimiy xayrixohlik bildirgan holda, o‘z vazifasini chuqur mulohaza va vazminlik bilan bajardi.

beeline_19_03_2013

O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva kasting va, umuman, tanlov haqidagi fikr-mulohazalarini biz bilan o‘rtoqlashdi.

? Men loyiha, kasting, uning talablari va shartlaridan hayratdaman. Biz, artistlar, bu haqda anchadan buyon orzu qilardik va bu yuz berishiga ishonmay qo‘ygandik. Odatda, men boshqa tanlovlarda qatnashganimda, ularda ishtirokchilarga mutlaqo boshqacha talablar qo‘yilardi, ishtirokchilar ham o‘sha qo‘yilgan darajani namoyish qilardi. Mening professional fikrimni esa boshqalar har doim ham tushunavermasdi.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi esa umuman boshqacha tashkiliy darajani namoyish etyapti va aynan u haqiqiy iste’dodlarni aniqlashga yordam beradi. Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi o‘ziga xos HODISAga aylanishiga ishonchim komil!

Kasting davomida biz eng yaxshilarni aniqlashga harakat qildik. Hozircha bu bosqichga munosib yigit-qizlar yetib kela oldi, ularning darajasi haqiqatan ham yuqori. Biz ularning nafaqat vokal ko‘rsatkichlarini, balki turli obrazlarga kirishib ketishini, xarakterlarni ko‘rsata olishini, ishtirokchi o‘zini sahnada qanday his qilishini ham baholadik. Baribir, eng asosiysi – bu qobiliyat nishonalarining borligi ekan, agar ular bor bo‘lsa, biz mayda kamchiliklarga ko‘z yumyapmiz, ularni keyin ham bartaraf etish mumkin.

Oxirigacha yetib borgan yigit-qizlarni mutaxassislarning g‘amxo‘r qo‘llariga topshiramiz. Biz har bir ijrochining salohiyatini aniqlashga uringan holda, hali tayyor bo‘lmagan artistlarni, ya’ni “xom material” deb aytsak bo‘ladi, ana shunday yoshlarni baholayotganimizni juda yaxshi tushunaman. Agar shunday tanlov oldin bo‘lganida edi, unda, albatta, qatnashgan bo‘lardim.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system