«Bilayn» Qoraqalpog‘istonda GSM va 3G tarmoqlarini rivojlantirmoqda
19.03.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida GSM asosiy tarmog‘i, shuningdek 3G tarmog‘ining qamrov hududi hamda sig‘imi kengaytirilganligi haqida xabar beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov shunday dedi: «Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati ilgaridagidek kompaniyaning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. «Bilayn»ning Qoraqalpog‘istonda abonentlik bazasining o‘sishi hamda yetakchiligining mustahkamlanishi tufayli tarmoqni modernizatsiya qilish joriy yildagi bosh vazifamizga aylanmoqda».

Yangi asosiy stansiyalar qurilishi natijasida respublikaning Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot, Beruniy va Shumanay tamanlarida aloqa sifati yaxshilandi. Yangi uskunani o‘rnatilishi, shuningdek Nukus, Taxiatash va Beruniy shaharlarida radioqamrovni yaxshilash imkonini berdi.

«Biz tezkor mobil Internetda mijozlarimiz ehtiyojlarini doimo inobatga olamiz, — deydi Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov. – Bir yil avval Qoraqalpog‘istonda 3G tarmog‘i ishga tushirilgan va keyingi oylarda biz uni poytaxtda, Xo`jayli va Taxiatashda kengaytirdik».

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq