Shahzoda: «Yosh va iste’dodlilar to‘ppa-to‘g‘ri Zo‘r-Zo‘r Star loyihasiga kelishlari kerak!»

Zo‘r-Zo‘r Star televizion musiqiy loyihasi uchun o‘tkazilayotgan kastingning to‘rtinchi bosqichida saralash komissiyasi a’zolari safiga o‘zbek estradasi yulduzlari ham qo‘shildi. Ular ishtirokchilarni qattiqqo‘llik bilan, ammo adolatli baholashdi va keyingi turga eng yaxshilarni o‘tkazishdi. Komissiya tarkibidagi yulduzlardan biri kastingni juda emotsional qabul qilgani, keyingi bosqichga o‘tolmaganlarga hamdard bo‘lib, ularni qo‘llab-quvvatlayotgani ko‘rinib turardi.

Shunday qilib, xonanda Shahzoda ham loyihada qatnashmoqda. Xonanda kasting qanday o‘tgani va undagi qiziqarli voqealar haqida bajonidil bizga gapirib berdi.

Meni kastingda qatnashish va yosh iste’dodlarni aniqlashga yordamlashish uchun taklif qilishganida juda xursand bo‘ldim, bu men uchun katta sharaf. Bu yerga, Zo‘r-Zo‘r Star-akademiyaga yaqinlashar ekanman, uni qanday zo‘r, yorqin bezashganini ko‘rib hayratda qoldim. Juda ajoyib! Saralash komissiyasiga qo‘shilganimdan keyin esa, meni qo‘rquv chulg‘ab oldi – men sahnani, mikrofonni, eng asosiysi esa, katta hayajonda turgan ishtirokchilarning ko‘zlarini ko‘rdim.

beeline1_18_03_2013

Hozirgina artistlar bilan, sahnada necha yil – 15-20 yilmi – ijod qilsang ham baribir hayajon bosishi haqida gaplashayotgandik. Mening nazarimda ham bu to‘g‘ri. Chunki artistning yelkasida tomoshabin oldidagi, uni tomosha qilayotgan va tinglayotgan insonlar oldidagi ulkan mas’uliyat turadi.

Bu yerda bo‘lish men uchun qiziqarli. Bu yerga tez-tez kelgan bo‘lardim, chunki biz artistlar ham doimiy tarzda tajriba orttirib turishimiz kerak. Ishtirokchilarni tinglash, ularga maslahat berish juda qiziqarli. Biz ularga o‘zimiz bir paytlar yo‘l qo‘ygan xatolar haqida gapiramiz, ular esa o‘sha xatoni boshqa takrorlashmaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, ular uchun bu qimmatli tajriba.

“Beeline” va “Fund Forum” aynan shu yoshdagi iste’dodlarni kashf qiladigan tanlovni tashkil etgani juda ajoyib, chunki bizga, artistlarga, juda ko‘plab yoshlar murojaat qilib, yordam so‘raydi. Ularning hammasiga yordam bera olmaymiz, buning uchun vaqt va mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu bois yosh va iste’dodlilar to‘ppa-to‘g‘ri Zo‘r-Zo‘r Star loyihasiga kelishlari kerak! Bu haqiqatan ham, ular uchun juda katta ko‘mak, buning ustiga bizning yoshlar aql bovar qilmas darajada ijodkor.

Kasting ishtirokchilarining energetikasini juda kuchli sezyapmiz, chunki ular qattiq hayajonlanayotgani ko‘rinib turibdi. Keyingi bosqichga kim o‘tish-o‘tmasligini hal qilish – bu juda mas’uliyatli va murakkab ish. Buning ustiga ishtirokchiga nimadir ozgina yetmay qoladigan vaziyatlar ham bo‘ladi, hammani esa o‘tkazolmaymiz, ana shunday paytda xafa bo‘lib ketasan. Bilasizmi, bir ishtirokchi bor edi, ko‘zlari doim katta umid bilan qarab turardi, u juda harakat qildi, qo‘lidan kelganicha urindi, ammo… Biz unga kelajakda ham shug‘ullanishni, o‘z ustida ishlashini maslahat berdik. Xudo xohlasa, kelasi yili yaxshiroq tayyorlanib keladi, ana shunda vaziyat mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Aytganday, bunaqalar juda ko‘p, agar kuylashni tashlab qo‘ymasdan, vokal bilan shug‘ullanishda davom etishsa, komissiyaning maslahatlariga quloq tutishsa, albatta, bu sohada muvaffaqiyatlarga erishishadi.

Shuningdek, menda o‘chmas taassurot qoldirgan ishtirokchilar ham talaygina bo‘ldi. Ularga muxlislik qilmoqchiman, ular loyihaga tushadi, deb umid qilaman.

Ishtirokchilarni baholashdagi fikrlarimiz bir-birimiznikiga asosan to‘g‘ri kelyapti. Ozodbek Nazarbekov keyingi bosqichga o‘ta olmagan ishtirokchilar uchun juda qattiq qayg‘uryapti, ularga bu haqda ma’lum qilish unga og‘irlik qilmoqda. Kastingdagi bir voqea uzoq esimda qolsa kerak. Meni va, umuman, komissiya a’zolarining barchasini qattiq kuldirgan bir ishtirokchi bo‘ldi. Sahnada u qo‘llarini silkitgan holda deltaplanning uchishini ko‘rsatgandi. U keyingi bosqichga o‘tolmagan bo‘lsa ham, uning bu ijrosi hammaning kayfiyatini ko‘tardi!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system