Ikkinchi bosqich: ishtirokchilarni yulduzlar tanlaydi
16.03.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ertaga Zo‘r-Zo‘r STAR-akademiyada nomini hammamiz yaxshi biladigan o‘zbek estradasi va kinosi artistlarini ko‘rish mumkin edi. Xususan, Ozodbek Nazarbekov, Shahzoda, Alisher Uzoqov va boshqalar ikkinchi saralash bosqichi komissiyasi a’zolari safidan o‘rin olishdi.

Havas qilsa arzigulik musiqiy tajribaga ega o‘z ishining ustalari kastingni juda talabchanlik bilan, ammo adolatli o‘tkazishdi. Ikkinchi bosqichga o‘tgan ishtirokchilar oldiga murakkab vazifa qo‘yildi — o‘z ovozi va sahnadagi ijrosi bilan saralash komissiyasi a’zolarini qoyil qoldirish. Buni esa juda kamchilik uddaladi…

Kasting quyidagi tartibda o‘tkazildi: ishtirokchilar birma-bir zalga kirib, bir necha daqiqa ichida nimalarga qodir bo‘lishsa, shuni ko‘rsatib berishlari kerak edi. Buning uchun ularga birgina imkoniyat berildi. Ishtirokchilar soni 10 kishiga yetganida esa, komissiya maslahatlashib, ertaga bo‘lib o‘tadigan uchinchi bosqichga kimlar o‘tishini hal qilardi.

«Hukm»ni kutish bilan o‘tayotgan hayajonli daqiqalar, keying bosqichga o‘tishga muvaffaq bo‘lganlarning quvonchi va omadi chopmaganlarning ma’yusligi — kunning eng e’tiborli tomonlaridan biri bo‘ldi, desak yanglishmaymiz.

Loyihada qatnashish kabi maqsad sari yana bir qadam tashlab, keying bosqichga aynan kimlar o‘tganini bugun bilib olamiz.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq