Ucell innovatsion texnologiyalarni sanoatga joriy kilishni qo‘llab quvvatlashga tayyor

Ucell kompaniyasi 5-mart kuni Toshkentda “Sanoat sektorlarining innovatsion rivojlanishi: muammolar va yechimlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan Respublika ilmiy–amaliy anjumanining axborot homiysi sifatida qatnashdi.

ucell_15_03_2013

Ilm-fan taraqqiyoti asrida borgan sari innovatsion texnologiyalarga, ayniqsa, sanoat sektorida, katta e’tibor berilmoqda. Anjuman qatnashchilari va so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston hududlarida sanoatni rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi, ish boshlayotgan yosh ishbilarmonlarga ko‘maklashish masalalariga asosiy e’tiborni qaratdilar.

ucell_15_03_2013_1

ucell_15_03_2013_2

Tadbir doirasida innovatsion texnologiyalarni sanoat sektorini rivojlantirishda qo‘llash, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, korxonani tashkil qilishda marketing va brendning tutgan o‘rni masalalariga bag‘ishlangan qator taqdimotlar o‘tkazildi

ucell_15_03_2013_3

Ucell O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori sifatida, shuningdek, respublikamizga innovatsion texnologiyalarni kiritish va o‘z brendining egallagan o‘rnini mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berganligi tufayli mazkur tadbirning axborot homiysi bo‘lib ishtirok etdi. Har yili Ucell telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va uni modernizatsiyalash maqsadlariga anchagina mablag‘ sarflayda.

ucell_15_03_2013_4

Ucell kompaniyasida eng ko‘p qo‘shimcha hizmatlar ko‘rsatiladi. Ucell mamlakatimiz mobil aloqa operatorlari ichida birinchi bo‘lib, O‘zbekistonda 3G hizmatini ishga tushirgan. Kompaniya uchinchi avlod tarmoqlarini sifati va qoplashi jihatidan respublikamizda oldindan yetakchilik qilgan va hozirgi kunda ham peshqadamlikni saqlab qolmoqda, biroq Ucell faqat o‘z tarmog‘ini rivojlantiribgina qolmasdan, ijtimoiy o‘rnini faol tutgan holda, respublikamiz iqtisodiyotini ko‘pgina sohalarida innovatsiyalarni kiritish va texnologiyalarni rivojlantirishni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

ucell_15_03_2013_5

«O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega. Aynan ushbu salohiyat – texnologiyalarning asosiy iste’molchisi bo‘lgan yosh avloddir — deydi Ucell bosh direktori Ali Agan, – Tabiiyki, ta’lim muassasalari, kasalxona va boshqalarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ijtimoiy ma’suliyatni yodimizdan chiqarmaymiz. Biz yanada oldinroqni ko‘ra olishimiz zarur. Buni PR deb atamaymiz. Bu kompaniyamiz siyosati — ishbilarmonlikning elchisi bo‘lish».

ucell_15_03_2013_6

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system