Kasting. Uchinchi kun: tafsilotlar
15.03.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Bugun mamlakatning barcha hududlaridan yuzlab yosh va, shubhasiz, iste’dodli yigit-qizlar aynan shu yerda — Zo‘r-Zo‘r STAR- akademiyasi oldida to‘plangan. Biz yosh ishtirokchilar qaysi shaharlardan kelganini sanamoqchi emasmiz, shunchaki loyihada qatnashish uchun yoshlar mamlakatning barcha burchaklaridan kelganini qayd etmoqchimiz.
Yurtimiz iste’dodlarga boy zamin ekanligini ko‘pchilik biladi, birinchi bosqichning oxirgi kasting kuni bunga dalil bo‘la oladi. Kasting davomida turli tipajlarni va ovoz tembrlarini uchratdik, hayron qoldirgan tomoni esa, ishtirokchilarning har uchinchisi, yaxshi vokal ko‘rsatkichlaridan tashqari, musiqiy iqtidorga ham ega ekanligi ma’lum bo‘ldi! Qo‘shiq ijro etish va bir paytning o‘zida biror musiqiy asbobda o‘ziga jo‘r bo‘lish, shunchaki kuylashdan ko‘ra murakkabroq ish. Shunga qaramasdan, ba’zi bir ishtirokchilar vazifani qoyillatib uddalashdi.
Shunday qilib, kastingning birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Hakamlar tomonidan tinglangan minglab ovozlar va ko‘rilgan minglab anketalar ortda qoldi. Oldinda — saralash turining ikkinchi bosqichi! Aynan shu bosqichda hisob «o‘nlarga» qisqaradi, kasting ishtirokchilarining vokal ko‘rsatkichlarini esa Zo‘r-Zo‘r STAR-akademiyasi kengashining a’zolari baholaydi. Kun qanday
o‘tadi, u qanday natijalarni olib keladi, bu haqda tez orada bilib olamiz.
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi