Kasting. Ikkinchi kun: tafsilotlar

beeline_14_03_2013

Yuzlab ovozlar va ikki baravar ko‘p qo‘shiqlar, saralash komissiyasi oldida o‘zining qobiliyatini ko‘rsatishga oshiqayotganlarning uzundan-uzoq oqimi va, albatta, zavq-shavqqa to‘la ko‘zlar – bularning barchasiga biz bugun, Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy televizion loyihasi uchun o‘tkazilayotgan ikkinchi kasting kunida guvoh bo‘ldik.

beeline_14_03_2013_1

Kun davomida yosh iqtidorlarning sahna ijrolarini tinglagan saralash komissiyasi o‘z “hukmini” chuqur mulohaza bilan chiqarardi.

Ishtirokchilarning yarmidan sal ko‘pi ijobiy baholandi. Ular intiqib kutgan “Sizni ikkinchi bosqichda kutamiz!” so‘zlari yangradi.

beeline_14_03_2013_2

Bu yoshlarimiz qay darajada musiqiy iqtidorga ega ekanini hech qanday so‘zlarsiz tasdiqlaydi. To‘g‘ri, bu so‘zlarni eshitish nasib qilmaganlar ham bo‘ldi… Ammo, baribir, hech kim e’tiborsiz qolmadi, hamma shaxsan o‘ziga qaratilgan tilaklarni va aynan nima ustida ishlash kerakligi borasidagi konstruktiv fikr-mulohazalarni eshitdi.

beeline_14_03_2013_3

beeline_14_03_2013_4

Kastingning o‘zi juda va juda qiziqarli jarayon. Odatda, ko‘zga darrov tashlanadigan iste’dodlarni “imtihon”dan o‘tkazayotganda saralash komissiyasining a’zolari o‘z fikrlarida yakdil bo‘lishadi. Hakamlardan birining u yoki bu ishtirokchini ikkinchi bosqichga o‘tishiga xayrixohlik bildirib, boshqa a’zolar bilan tortishayotganini kuzatish juda qiziq. Loyiha bosh prodyuseri Mixail Anisimov ham ishtirokchilarning salohiyatini ko‘ra olib, nufuzli saralash komissiyasining fikriga qarshi chiqqan holda, anchagina iqtidor sohiblarini shu tarzda “qutqarib” qoldi, desak yanglishmaymiz.

beeline_14_03_2013_5

beeline_14_03_2013_6

Ishtirokchilarga sahnada o‘zini ko‘rsatishga xalaqit berayotgan asosiy to‘siq – bu his-hayajon. Senga foto- va videokameralarning obyektivlari qaratilgan bir paytda hakamlarning e’tiborli nigohi ostida kuylash oson emas, ammo aksariyat ishtirokchilarning tan olshishicha, bu g‘oyat yoqimli!

beeline_14_03_2013_7

beeline_14_03_2013_8

His-hayajon va xijolatni qanday yengish mumkinligi haqida, shuningdek ishtirokchilarga oxirigacha “ochilib”, o‘zining bor salohiyatini namoyish etishga xalaqit berayotgan jihatlar to‘g‘risida ertaga hikoya qilamiz. Maslahatlarni saralash komissiyasi vakillarining o‘zlari beradi!

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system