Zo‘r-Zo‘r STAR kasting. Birinchi kun: tafsilotlar
13.03.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

zor_13_03_2013

12-mart kuni Zo‘r-Zo‘r STAR-akademiyada ilk kasting kuni bo‘lib o‘tdi. Erta tongdan boshlab tanlovda qatnashish ishtiyoqida bo‘lgan yoshlar majburiy registratsiyadan o‘tish uchun kasting o‘tkaziladigan binoga shoshildi. Yigit-qizlarning qalblari hayajonga to‘la ekanligi ko‘rinib turardi, ammo ularning o‘zlari bunday emotsional kayfiyat ularda faqat yoqimli kechinmalarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlashdi.

Kasting ishtirokchilarini tinglash ikkita maxsus jihozlangan zalda o‘tkazildi, ularning har birida saralash komissiyasining a’zolari da’vogarlarni imtihondan o‘tkazdi.

zor_13_03_2013_1

zor_13_03_2013_2

Aksariyat kasting ishtirokchilarining vokali yuqori baholanib, ular professional darajada ekanligi aniqlandi.

Ikki bosqichda dastlabki 400 nafar da’vogar tinglandi, ulardan eng yaxshilari tanlab olindi. Saralash komissiyasi va akademiya kengashi a’zolari ular bilan 15-mart kuni ikkinchi bosqichda uchrashadi. Aytish joizki, kuylovchilar uchun ideal sharoitlar yaratildi: a’lo darajadagi ovoz uskunalari, keng sahna, ajoyib akustika va sifatli apparatura.

zor_13_03_2013_3

zor_13_03_2013_4

Hatto keyingi bosqichga o‘tolmaganlar ham kastingda qatnashishning o‘zidan zavqqa to‘lib toshishdi. Ularning aytishicha, bu ularning hayotidagi eng ajoyib kunlardan biriga aylangan.

zor_13_03_2013_5

zor_13_03_2013_6

Kasting qatnashchilarining ko‘pchiligini qarindoshlari, do‘stlari va tanishlari qo‘llab-quvvatlab turdi. Ishtirokchilarning chiqishlari paytida ular kutish zalida bo‘lib, kuylayotgan yigit-qizlarning ovozlarini eshitib turishdi, xolos.

zor_13_03_2013_7

zor_13_03_2013_8

Hay’at a’zolarining qattiqqo‘l imtihonidan o‘tishlari kerak bo‘lgan yuzlab ishtirokchilar ham zerikib qolishmadi, zallardan birida ko‘ngilochar dastur tashkil etildi.

Yigit-qizlar uni tomosha qilibgina qolmasdan, o‘zlari ham unda faol qatnashishlari mumkin edi. Tinglov oldidan yoshlar chigallarini yozish uchun kuylashdi, raqsga tushishdi. Yig‘ilganlar o‘zlarining dastlabki va shu bilan birga muhim saboqlarini shu yerning o‘zida olishdi.

His-hayajonni qanday jilovlash mumkinligi va aktyorlik mahorati sirlari haqida to‘planganlarga o‘z ishining ustalari gapirib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu maslahatlar ishtirokchilarga tinglov paytida juda qo‘l kelgan va ular saralash komissiyasining diqqat-e’tiborli nazari ostida o‘zlarini biroz erkin his qilgan.

Aytganday, komissiya haqida. Uning tarkibiga quyidagilar kirdi:

Daler Xonzoda va Daler Ametist — “Sahro” guruhi (“2011 yil kashfiyoti” nominatsiyasida M&TVA mukofotining g‘oliblari);
Liliya Fatkulina — Xalqaro tanlovlar sovrindori, gran-pri sohibasi, “Tasanno” Prezident mukofotining sovrindori;
Alyona Rakitina — “Aladdin” guruhining vokal bo‘yicha pedagogi;
Sabina Ablyaskina — xalqaro tanlovlar sovrindori;
Aziz Xolmurodov — “2007 yilning eng yaxshi bastakori” nominatsiyasida M&TVA mukofotining g‘olibi.

Tinglovlardan keyin ishtirokchilar Zo‘r-Zo‘r STAR-akademiyani tark etishga shoshilmadi. Ularning har biri Zo‘r-Zo‘r STAR brendi tushirilgan yorqin stend oldida esdalik uchun fotosuratga tushishni o‘zi uchun yoqimli burch deb hisoblagan bo‘lsa, ajabmas.

zor_13_03_2013_9

zor_13_03_2013_10

Akademiya kengashi a’zolarining va ishtirokchilarning ilk kasting kuni haqidagi fikr-mulohazalari.

Rustam Hamroqulov, akademiya kengashining a’zosi, estrada vokali bo‘yicha pedagog:

? Kastingni olib borgan komissiya yaxshi yigit-qizlarni saralab oldi. Ularning fikriga qo‘shilaman. Ikkita yigitga ertaga yana bir marta kelishini so‘radim, ular qattiq hayajonlangan bo‘lsa kerak, ertaga his-hayajonlarini bir yerga to‘plab, juda yaxshi natijani ko‘rsatishlariga umid qilamiz! Ko‘pchilik hayajonlandi, albatta, hatto hayajonini bosa olmasdan, kuylay olmaganlar ham bo‘ldi. Boshida tuyulganiday, sahnada kuylash oson ish emas… Yaxshi vokal ko‘rsatkichlarga ega, ommaga hali tanish bo‘lmagan, ammo ularni hayratda qoldirishga qodir bo‘lgan yigit-qizlarni, turli janrlarda ijro eta oladigan iste’dodlarni tanlab olishni istardik. Shuningdek, ishtirokchilarning xarizmasi va energetikasi ham juda muhim.

Liliya Fatkulina, saralash komissiyasining a’zosi:

? «Ishtirokchilarni kun davomida tinglovdan o‘tkazish oson emas, ammo juda yoqimli. Mamlakatimizda shunday iste’dodli, o‘zining iqtidorini ko‘rsatishga ishtiyoqmand va har tomonlama komil bo‘lishga intilayotgan yoshlar borligi juda ajoyib! Kasting qatnashchilari o‘zlarining ovozi, xarizmasi, qobiliyatlari bilan bizni lol qoldirishmoqda. Yigit-qizlar turli tillarda kuylashyapti, ko‘pchiligining musiqiy ma’lumoti ham yo‘q. O’zlari o‘qishyapti, o‘zlari kuylab, musiqa asboblarini chalishyapti.

Qobulbek Xabibullaev, kasting ishtirokchisi:

? Men bugungi kastingda Dominik Jokerning “Yesli ti so mnoy” qo‘shig‘ini ijro etdim. Ikkinchi bosqichga o‘tgan bo‘lsam ham, o‘zimdan qoniqmayapman. Sahnada juda hayajonlanib ketdim, qo‘shiq matni esimdan chiqib qoldi. Bundan xafa bo‘ldim, ammo hakamlarning menga nisbatan xayrixohligi juda quvontirdi. Endi o‘zimning ustimda ko‘proq ishlayman.

zor_13_03_2013_11

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq