Svetlana Saydiyeva: «“Beeline” yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgani juda ajoyib!»

Yaqinda, 6 mart kuni “Beeline” yagona aloqa operatorining 2012- yildagi faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida kompaniyani o‘zbek estradasining taniqli vakillari ham tabrikladi. Artistlardan biri, aniqrog‘i estradamizning yorqin vakilasi alohida e’tiborni tortdi.

Shunday qilib, Svetlana Saydiyeva – xonanda, vokal bo‘yicha pedagog va Rossiyada bo‘lib o‘tgan mashhur musiqiy teleloyiha ishtirokchilaridan biri – o‘zining Zo‘r-Zo‘r STAR tanlovi haqidagi fikrlari bilan loyiha matbuot markazida o‘rtoqlashdi:

Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasi haqida o‘tgan oydayoq eshitgandim. Loyiha boshlangan paytdan buyon tanlovga tayyorlash iltimosi bilan menga juda ko‘plab yigit-qizlar murojaat qildi. Ularning orasida anchadan beri vokal bilan shug‘ullanayotganlar ham, oldin qo‘shiq kuylab, keyin boshqa sohaga o‘tib ketganlar ham bor. “Yulduzli” imkoniyatdan hamma foydalanib qolishni xohlayapti! Tanlovga mening 11-14 yoshli o‘quvchilarim ham intilmoqda, ular hazillashib, loyihada qatnashish uchun o‘zlariga yana ikki yosh qo‘shishga tayyorliklarini ham aytishdi.

beeline_13_03_2013

18–25 yosh — bu ishtirokchilar uchun ideal yosh, deb o‘ylayman. Aynan shu yoshga kelib, yoshlar ixtisoslashtirilgan maktablar, litseylar va kollejlarda oldigan muayyan musiqiy bilim va tajribaga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik konservatoriyani ham tugatishga ulguradi. Buning ustiga, ularning barchasi voyaga yetgan hamda barqaror psixikaga ega shakllangan shaxslar bo‘ladi. 18-25 yosh – bu psixologik jihatdan to‘g‘ri yosh. Har qanday yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklar mos ravishda qabul qilinadi, o‘tish davri muammolari bo‘lmaydi.

“Beeline” yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgani va shunday loyihani boshlagani juda ajoyib bo‘ldi! Respublikamizda turli-tuman tanlovlar o‘tkaziladi, ammo ular, birinchi navbatda, bolalar uchun mo‘ljallangan. Zo‘r-Zo‘r STAR televizion musiqiy loyihasi juda istiqbolli tanlov, deb o‘ylayman. U ko‘plab yangi nomlarni kashf etishi, shubhasiz, chunki mamlakatimizda haqiqatan ham iste’dodli yoshlar ko‘p! Agar bo‘lg‘usi yulduz-g‘oliblarni shunchaki «yoqib» qo‘ymasdan, kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashsa, bu juda qoyilmaqom ish bo‘lardi!

Faqat jonli ijro — asosiy qoida, degan tamoyilga doim amal qilaman. Fonogrammani qabul qilolmayman, faqat “jonli” ishlayman. Barcha ishtirokchilarning ijrosi faqat jonli bo‘ladigan ushbu tanlov haqiqatan ham eng iste’dodlilarni aniqlashiga, ularning salohiyatini ochishda va yanada kamolga yetishlarida yordam berishiga ishonchim komil. Asosiysi, artistlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi kerak.

beeline_13_03_2013_1

Loyihada, albatta, eng kuchli va bir paytning o‘zida iste’dodli ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. Bunda g‘olib aynan kuchli xarakterga ega bo‘lishi kerak. O’z uyidan tashqarida uzoq vaqt yashashni ko‘zda tutuvchi tanlovda qatnashish ham juda katta sinov. Bunday “ekstremal” sharoitlar ijodkor shaxs uchun foydali ekanini o‘z tajribamdan bilaman, chunki iste’dod shunday sharoitlarda tezroq ochiladi.

Loyihada, albatta, eng kuchli va bir paytning o‘zida iste’dodli ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. Bunda g‘olib aynan kuchli xarakterga ega bo‘lishi kerak. O‘z uyidan tashqarida uzoq vaqt yashashni ko‘zda tutuvchi tanlovda qatnashish ham juda katta sinov. Bunday “ekstremal” sharoitlar ijodkor shaxs uchun foydali ekanini o‘z tajribamdan bilaman, chunki iste’dod shunday sharoitlarda tezroq ochiladi.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system