«Bilayn» ovozli rouming geografiyasini kengaytirmoqda
12.03.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Batelco (Bahrayn) kompaniyasi bilan ovozli rouming xizmatini ko‘rsatish shartnomasi imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati “Bilayn” aloqasidan har qanday musbat balansda foydalanish imkonini beradi, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha. Bunda hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi