G‘aroyib telestudiya: qurilish ishlari boshlab yuborildi!
06.03.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Sayt ma'muri.
O‘zbekistonda ilk bor Zo‘r-Zo‘r STAR televizion loyihasi doirasida jahon andozalariga javob beradigan g‘aroyib telestudiya tashkil etiladi. U Zo‘r-Zo‘r STAR-akademiyasining zallaridan birida joylashadi. Ushbu inshootni qurish borasidagi birinchi qadamlar ham qo‘yildi.
Loyihaning bosh rassomi Sergey Chernov bergan ma’lumotga ko‘ra, telestudiyani yaratishda o‘z ishining ustalari bo‘lgan yetakchi mutaxassislar qatnashadi. Aytish joizki, ular ham O‘zbekistonda hali bunday loyiha bo‘lmaganini qayd etishmoqda. Sahna, ekranlar va boshqa elementlar bo‘lg‘usi yulduzlarga maksimal darajada tomoshabop chiqish imkonini beradi. Tomoshabinlar esa jonli konsertlarning sifati va go‘zalligidan bahra olishadi.
Konsertga tusha olmaganlar uni Forum TV va NTT telekanallari orqali uzatiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi, bu Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy loyihasini nafaqat MDH hududida, balki Markaziy va G‘arbiy Osiyo hamda Yevropa mamlakatlaridan turib ham ko‘rish imkonini beradi. Ushbu telekanallar tanlovni dunyoning ozmi-ko‘pmi 150 ta mamlakatiga uzatishadi!
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi