2012 yil yakunlariga ko‘ra, «Bilayn» O‘zbekistonda 10 milliondan ortiq abonentga ega bo‘ldi

«Bilayn» O‘zbekiston bozorida 10 millionlik chegaradan o‘tgan birinchi operator bo‘ldi. O‘tgan yilda Vimpelcom Ltd ning respublikadagi daromadi. 463 mln dollarni tashkil qildi. IV chorakda, shuningdek barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy dinamika kuzatilgan va kompaniyaning tarmoq rivojiga sarmoyalari hajmi ikki barobar oshirilgan.

6 mart kuni yetakchi xalqaro telekommunikatsion xizmatlar provayderlardan biri Vimpelcom Ltd (O‘zbekistonda «Bilayn» savdo belgisi) 2012 yil IV chorak uchun moliyaviy va operatsion natijalarni e’lon qildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi 2011 yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan 99% o‘sib (80 mln dollardan), oktabrdan dekabrga qadar 158 AQSH dollarini tashkil qildi. Bunda daromadning yil davomida o‘sishi 67% (2011 yildagi $277 mln ga nisbatan $463).

O‘zbekistonda EBITDA to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan nomoddiy aktivlar va zararlarning amortizatsiyasini hisoblashgacha bo‘lgan operatsion foyda) 2011 yilning IV choragiga nisbatan 193% o‘sdi ($32,6 mln dan $95,4 gacha). Yildan-yilga operatsiyalarning marjinalligi 19 foizlik punktdan ko‘pga o‘sdi.

«Bilayn» mobil aloqasining O‘zbekistondagi abonentlarining soni yil yakunlariga ko‘ra o‘n millionlik chegaradan o‘tib, 10 194 000 kishini tashkil qildi. Shunday qilib, yil davomida abonentlik shartnomalari sonining o‘sishi 3 833 000 (+60%) ni tashkil qildi.

Bir oy davomida bitta mobil abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) IV chorakda $5,3 ga qadar o‘ sdi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni) yil mobaynida 13% o‘sdi (2011 yil oxiridagi 458 ga nisbatan 516 daqiqa).

«O‘tgan yil oson kechmadi va ikkinchi yarim yillikda, xususan to‘rtinchi chorakda hal qilishimizga to‘g‘ri kelgan murakkab vazifalar «Bilayn» jamoasining yuqori professionalizmga egaligini hamda yakdilligini yana bir bor isbotladi. Bugun men ishonch bilan ayta olamanki, biz xizmat va servis sifatini yanada oshirishga qaratilgan yo‘nalishda harakat qilishda davom etib, to‘g‘ri yo‘l tanlaganmiz. Albatta, bu tarmoq rivojiga bo‘lgan qo‘shimcha investitsiyalar evaziga amalga oshirilgan: oktabr-dekabrda kapital xarajatlarimizni ikki barobar oshirdik, 2012 yil davomida esa ular jami 137 milliondan dollardan ortiqni tashkil qildi. Bu yilda biz O‘zbekistonga qamrovni kengaytirishga hamda innovatsiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan strategik va uzoq muddatli sarmoyalarni olib kirishda davom etmoqdamiz», – yil yakunlarini sharhladi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system