«Bilayn» GPRS-rouming geografiyasini kengaytirmoqda
05.03.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) GPRS- roumingining navbatdagi kengaytirilishi haqida xabar beradi. Telenor (Vengriya) va Enitel (Nikaragua) kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel Texnik direktori Denis Kotlyarenko quyidagilarni qayd qildi: «Texnologiyalarning rivojlanishi tufayli raqamlarini o‘zgartirmay, safarlarda bir-birlari bilan muloqot qilayotgan va axborot almashayotgan kishilarning soni ko‘paymoqda. Bugungi kunga kelib, «Bilayn» roumingining geografiyasi O‘zbekiston aholisi boradigan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan, biroq mijozlarimizga eng yaxshi tanlovni amalga oshirish imkonini taqdim etish uchun hamkorlar ro‘yhatini kegaytirishda davom etmoqdamiz».
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi