«Yulduzli transport» yoki Zo‘r-Zo‘r STAR sening o‘qish joyingda!
04.03.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Radiostansiyalar, televideniye, internet, bosma nashrlar va shahar bo‘ylab reklama — “Zo‘r-Zo‘r STAR” musiqiy teleloyihasining keng miqyosli reklama kampaniyasidan mamlakatning hech bir fuqarosi bexabar qolmagan bo‘lsa kerak.
Agar bexabar qolgan bo‘lsa ham, shu haftada boshlangan aksiya hammasini to‘g‘irlab qo‘ydi! Hozir brendlangan “Zo‘r-Zo‘r STAR” avtobusi shaharni kezayotir. U poytaxtdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida, kollej va litseylarda mehmon bo‘lmoqda.
O‘quvchilarning ko‘zga yarq etib tashlanadigan ushbu transportga va, eng asosiysi, avtomobildan sakrab tushib, barchaga baralla “Zo‘r-Zo‘r STAR” musiqiy teleloyihasi boshlangani haqida so‘zlab berayotgan yosh, faol va qoni jo‘sh urayotgan yigit-qizlarga reaksiyasi, albatta, juda ijobiy!
Buning ustiga, ular yana kuylasa, raqsga tushsa, ba’zida esa talabalarga ijtimoiy foydali ishlarda yordam bersa! Tanlovdan xabar topgan ko‘plab talabalar anketalarni o‘sha yerning o‘zida to‘ldiryapti.
Eng qizig‘i, ularning hammasi o‘z do‘stlari va yaqinlariga bo‘lib o‘tgan aksiya va tanlov haqida gapirib berishmoqda. Aksiya boshlanganidan buyon “Beeline” ofislariga yoshlardan aynan ularning o‘quv yurtiga kelish yoki ularga ham arizani rasmiylashtirish va kastingda qatnashish imkoniyatini berish iltimosi bildirilgan ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘layotir.
Eslatib o‘tamiz! Imkoniyat har biringizda bor, endi siz anketani quyidagi tarzda to‘ldirishingiz mumkin:
• Uni saytimizdan yuklab olish yoki maxsus shaklni to‘ldirish;
• “Beeline” ofislaridan istalgan biriga borish va o‘sha yerda arizani rasmiylashtirish;
• O’z o‘quv yurtingizda “Yulduzli transport”ni kutish.
Oxirgi usul ko‘proq tasodifga bog‘liq. Shunday ekan, “Zo‘r-Zo‘r STAR” loyihasining press-attashesi Oraz Abdurazakovning so‘zlari esga keladi: “Yulduzli imkoniyatlarni kutish kerakmas: ular mustaqil ravishda o‘zingiz yaratishga harakat qiling”. Shu bois avtomobilni kutib o‘tirmaymiz, balki o‘zimiz anketalarni rasmiylashtiramiz, axir omad juda yaqin!
Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi