Zo‘r-Zo‘r STAR musiqiy teleloyihasining saralash bosqichi doirasida 3000 ga yaqin ariza qabul qilindi

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» Jamg‘armasi ko‘magida Zo‘r-Zo‘r STAR yoshlar musiqiy teleloyihasi doirasida so‘rovnomalarni to‘plashda davom etadi. Katta tanlov doirasida yosh ijodkorlar orasidan eng saralari aniqlanadi. Ularning qatorida respublikaning 18-25 yoshdagi istalgan fuqarosi bo‘lishi mumkin.

«Bugun ko‘plab iqtidorli debutantlarda o‘zlarini butun mamlakatga namoyish qilishga noyob imkoniyat mavjud, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – So‘rovnomalar qabuli yakunlanishiga roppa-rosa bir hafta qoldi, biroq biz shu kungacha uch mingga yaqin arizalarni qabul qildik. Shunday ekan, vaqtni boy bermay, Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasiga qo‘shilishni maslahat beraman».

beeline_1_03_2013

Eslatib o‘tamiz, 15 fevraldan tanlov so‘rovnomalarini www.zurzurstar.uz saytida hamda «Bilayn» ofislarida to‘ldirish mumkin. 7 martga qadar talabgorning shaxsiy imzosi qo‘yilgan to‘ldirilgan so‘rovnomalar pasport hamda suratning skanerdan o‘tkazilgan nusxasi bilan konkurs@zurzurstar.uz elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi. Yakuni bo‘yicha «Zo‘r-Zo‘r STAR» loyihasining 11ta ishtirokchisi tanlab olinadigan kasting 12-17 mart kunlari poytaxtdagi Yoshlar ijodiyot saroyida bo‘lib o‘tadi.

Zo‘r-Zo‘r STAR loyihasi Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ining axborot ko‘magida o‘tkazilmoqda. Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz va www.odnoklassniki.ru/beeline.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system