Wi-Fi bilan ishlaydigan g‘aroyib ixcham fotokamera

cam_22_02_2013

Ixcham Canon PowerShot fotokamerasi assortimentida oddiygina va mahalliy — N deb nomlangan yangilik paydo bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotni «kreativ suratga olishda yangicha yondashuvni talab etuvchi kameraning butunlay yangi turi» deb baholamoqdalar. Yana shuni ta’kidlash kerakki, PowerShot N’da haqiqatdan juda ko‘p yangilik kiritilgan.

Tаshqi ko‘rinishida uzunligi 78,6 mm va kengligi 60,2 mm.ga teng kamerasining shakli kvadrat qilib ishlangan. Ishlab chiqaruvchi qurilmani aylanuvchi sensor displeyi bilan diagonal holda 2,8 duymli 461 000 nuqtali suratga olish imkoniyatiga ega qilib yaratgan — aynan shu imkoniyati uning barcha funksiyalarini boshqarishda asosiy vosita hisoblanadi. PowerShot N korpusidagi mexanik tugmalari va ishga tushirgichi kichik bo‘lib, boshqarish va obyektiv pardalarini ochish esa umuman noan’anaviy — obyektivning chetini qoplab turgan ikkita katta diametrli halqalar yordamida amalga oshiriladigan qilib bajarilgan.

cam_22_02_2013_1

Fotokamera ikki ajoyib suratga olish rejimi — Creative Shot va Hybrid Auto rejimlariga ega. Birinchi holatda kamera sahnani tahlil etib, surat yaxshi chiqishi uchun qanday ko‘rsatkichni o‘zgartirish lozimligi haqida qaror qiladi.

Mazkur ko‘rsatkichlar orasida — fokus, ekspozitsiya, oq balans, kontrastlilikni ko‘rsatish mumkin. Hybrid Auto kamera rejimida 1280 x 720 nuqtali imkoniyatga ega to‘rt soniyalik videorolik yoziladi, kadr tayyor bo‘ladi.

Kun oxirida suratga tayyorlashni namoyish etuvchi barcha to‘rt soniyalik videoroliklar yagona kadrga birlashtiriladi. Nihoyat avtomatik rejim — Smart Auto ham mavjud.

cam_22_02_2013_2

Canon fotokamerasi CMOS turidagi 1/2,3 duymli 12,1 Mp o‘lchamga ega PowerShot N tasvir datchigi, fokus masofasi 28–224 mm obyektivi (35 millimetrli ekvivalenti), Digic 5 protsessori bilan jihozlangan. Stabilizasiya tizimi ham mavjud bo‘lib, matritsaga asoslangan.

Fotokamera 1920 x 1080 nuqtali, tezligi 24 k/s va stereotovushli video yozib olish imkoniyatga ega. Foto va video ma’lumotlarini saqlash uchun microSD, xotira kartasi uchun microSDHC yoki microSDXC raz’yomi ko‘zda tutilgan.

PowerShot N asosiy funksiyalaridan biri — Wi-Fi 802.11b/g/n simsiz aloqasi uchun integrallashtirilgan adapter bir zumda foto va videoni Facebook yoki YouTubega jo‘natish imkoniga ega. Mahsulot, shuningdek, opsiyali GPS’ni qo‘llab-quvvatlaydi, to‘g‘ri suratlarni joyda muvofiqlashtirish uchun GPS qabul qiluvchisiga ega smartfon mavjud bo‘lishi zarur, unda oldindan kamera bilan bog‘liqlik bo‘lishi lozim.

Canon PowerShot N qurilmasining og‘irligi — 195 gramm, akkumulyator resursi, CIPA metodikasi bo‘yicha o‘lchangan 200 suratga teng. Kamera sotuvga aprel oyida chiqariladi, taxminiy bahosi $300dan iborat.

Manba: www.canon-europe.com

Orphus system