Samsung 5,8 dyuymli Galaxy Fonblet 5.8 smartfonni ishlab chiqarishga tayyorlamoqda

Samsung kompaniyasi o‘tgan yilda taqdim etgan Android 4.0 Ice Cream Sandwich operatsion tizimi bilan ishlaydigan Galaxy Player 5.8 multimediyali pleyer ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Aftidan, loyihachi videoni yanada rivojlantirishga qaror qilganga o‘xshaydi, shu sababli yaqin vaqtda Yevropa do‘konlarida tashqi ko‘rinishidan o‘xshash qurilma paydo bo‘ladi, lekin foydalanuvchi endi undan foydalanib qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘ladi.

Tаshqi ko‘rinishidan Galaxy Player 5.8 qurilmasining aniq nusxasi hisoblangan yangi Samsung smartfoni Galaxy Fonblet 5.8 (GT-I9152) deb ataladi. Qurilma ikkita SIM-kartalari bilan ishlay oladi va Android operatsion tizimi oldindan o‘rnatilgan 4.1.2/4.2.1 Jelly Bean versiyasi bilan yetkazilib beriladi. Shu bilan birga, apparat 5,8 duymli displey bilan ta’minlanishi, uning taqdimoti esa, keyingi oyda Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC-2013 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishi ma’lum. SamMobile xabarlariga qaraganda, yangi mahsulot faqat oq rangli ko‘rpusi bilan savdoga chiqariladi.

sam_22_02_2013

Eslatib o‘tamiz, Samsung faqatgina Koreya hududida sotadigan Galaxy Player 5.8, multimediyali pleyeri QHD-zichlikka ega 5,8 duymli TFT-displeyi, 1 GGts takt chastotasi ikki yadroli protsessori, 1 Gbayt OZU va foydalanuvchilar ma’lumotlarini saqlashlari uchun 32 Gbayt xotira bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, qurilma 3-megapikselli kamera, Wi-Fi moduli, Bluetooth va GPS-priyomnik bilan jihozlangan. Ikkala qurilmaning ko‘rsatkichlari qanchalik o‘xshash bo‘lishini yaqin vaqtda bilib olamiz.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system