Qiziqarli FAKTlar

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni nashr etishda davom etamiz. Sahifamizda robotlar turlari va rivojlanish odimlari haqida hikoya qilamiz.

Robot turlari haqida

akt_22_02_2013

Keyingi vaqtlarda robotlarning yangi-yangi turlari paydo bo‘layotganligi haqida ko‘p eshitamiz. Ulardan sanoatda, maishiy turmushda, shuningdek, hayotimizning turli sohalari: ta’lim, tibbiyot, sport va hatto aviatsiyada foydalaniladi. Robot texnikasi, ayniqsa, axborot texnologiyalari asrida jadal rivojlana boshladi. Mazkur sahifamiz robotlar taraqqiyotiga bag‘ishlanadi.

akt_22_02_2013_1

Honda kompaniyasida ishlab chiqarilgan Android ASIMO-roboti

«Robot» so‘zi chex yozuvchisi Karel Chapek va uning ukasi Yozef tomonidan o‘ylab topilgan hamda birinchi marta 1920-yilda Chapekning «R. U. R.» («Rossum universal robotlari») pyesasida tilga olingan. Sanoat robotlari paydo bo‘lgunicha robotlar odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak deb hisoblangan. Bugungi kunda odamlarga o‘xshash robotlar — androidlar deb ataladi.

Robot so‘zi (chex tilida robot atamasi — ixtiyorsiz mehnat yoki rob — qul) — odatda, inson mehnati yoki jonivorlar vositasida amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa soha jarayonlari uchun mo‘ljallangan avtomatik qurilma ma’nosini bildiradi.

Zamonaviy robotlar tashqi ko‘rinishi va konstruksiyasi juda xilma-xil bo‘lishi mumkin. Hozirgi davrda sanoat korxonalarida turli xil robotlardan foydalaniladi, ularning tashqi ko‘rinishi (texnik yoki iqtisodiy sababga muvofiq) «odam» qiyofasidan juda ham uzoq. Bundan tashqari, robot yoki operator tomonidan boshqarilishi, yoki oldindan kiritilgan dastur orqali ishlashi mumkin.

Afsonaviy sun’iy mavjudod
Sun’iy jonzodlarni yaratish g‘oyasi birinchi bor Kadme haqidagi qadimiy yunon afsonasida tilga olingan, u ajdarhoni o‘ldirib, yerni haydab, uning tishlarini yerga sochib chiqadi, tishlardan askarlar o‘sib chiqadi.

Pigmalion haqidagi boshqa bir qadimiy yunon afsonasida uning o‘zi yaratgan haykali — Galateyaga jon ato qilganligi aytiladi. Shu kabi Gefest haqidagi afsonada u o‘ziga turli xizmatkorlarni yaratganligi haqida hikoya qilinadi. Bir afsonada loydan yasalgan odam — Golem haqida so‘z boradi, u pragalik ravvin (maharal mi-Prag) Yexudom Ben Betsalel tomonidan sehr-jodu yordamida jonlantirilgan.

Skandinaviyaning Kichik Edda dostonida shunga o‘xshash afsona hikoya qilinadi. Unda troller Rungner tomonidan mo‘maqaldiroq ma’budasi Tor bilan jang qilish uchun yaratilgan loydan yasalgan ulkan Mistkale obrazi haqida hikoya qilinadi.

Texnik qurilma
Zamonaviy robotlar namunalari — avtomatik boshqariluvchi mexanik odamlarni birinchi bor amaliy qo‘llash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ellinistik davrga mansub. O‘shanda Faros orolida barpo etilgan mayoqda to‘rtta tilla suvi bilan qoplangan ayollar haykallarini o‘rnatganlar. Kunduzi ular quyosh nuridan charaqlaydi, tunda esa, har doim uzoqdan yaxshi ko‘rinishi uchun yorqin tusda yoritiladi. Ushbu haykalchalar ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng buriladilar, signal chaladilar; tunda esa ular karnay sadolari tovushlarini chiqarib, dengizda suzuvchilarni qirg‘oq yaqinligi haqida ogohlantiradilar.

Arab olimi va kashfiyotchisi Al-Djazari (1136–1206) tomonidan yaratilgan mexanik haykallar ham robotlarning namunalari hisoblanadi. Masalan, u to‘rtta mexanik musiqachilari bilan qayiqni yaratadi, ular doira, arfa va naylarda musiqa chaladilar.

Odamga o‘xshash robotning chizmasi taxminan 1495-yilda Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan. 1950-yillarda topilgan Leonardoning yozuvlarida o‘tirish, oyoqlarini yoyish, boshini qimirlatish va yuzini ochishga qodir mexanik ritsarning batafsil chizmalari mavjud bo‘lgan. Dizayni, Vitruvan odamida yozilgan anatomik tadqiqotlarga asoslangan. Leonardo robot yasashga uringanligi noma’lum.

XVIII asr boshlarida matbuotda «ong belgilariga ega bo‘lgan» mashinalar haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi, lekin ko‘pchilik hollarda bu firibgarlik ekanligi ma’lum bo‘ladi. Mexanizmlar ichida jonli odamlar yoki o‘rgatilgan hayvonlar yashiringan bo‘ladi.
Fransuz mexanigi va ixtirochisi Jak de Vokanson 1738-yilda birinchi ishlaydigan insonga o‘xshash qurilma(android)ni yaratadi. Bu qurilma fleyta chaladi. U aytishlaricha, don cho‘qiydigan va boshqalarni amalga oshiradigan mexanik o‘rdaklarni ham yaratgan.

akt_22_02_2013_3

Lunoxodni ham robot deb sanash mumkin

akt_22_02_2013_2

Zanjirli g‘ldirakli rоbоt

Harakatlanish tizimi
Оchiq maydonda harakatlanish uchun robotlar ko‘p hollarda (Warrior va PackBot kabilar mana shunday robotlarga misol bo‘la oladi) oddiy yoki zanjirli g‘ildiraklardan foydalanadilar. Ba’zi hollarda qadam bosuvchi (BigDog va Asimo shunday robotlarga misol bo‘la oladi) tizimlardan foydalaniladi. Notekis yuzalarda harakatlanish murakkab kinematikali oddiy va zanjirli g‘ildirak harakatlanish birligiga ega aralash konstruksiyalar yaratiladi. Mana shunday konstruksiya lunoxodda qo‘llanilgan.

Sanoat obyektlarida, xonalar ichida yerdagi izlarda monorelslar bo‘ylab harakatlanishdan va shu kabilardan foydalaniladi. Qiya va vertikal tekisliklar bo‘ylab harakatlanish uchun «qadam bosuvchi» konstruksiyalarga o‘xshash, lekin vakuumli so‘rg‘ichlari bilan tizimlardan foydalaniladi. Jonli organizmlar — o‘rgimchaklar, ilonlar, baliqlar, qushlar, dengiz skatlari, qumursqalar va boshqalar harakatlariga taqlid qiluvchi robotlar ham ma’lum.

Hozirgi kunda robotlar uchun motorlar sifatida odatda doimiy tok dvigatellaridan, qadamli elektrodvigatellar va servoprivodlardan foydalaniladi. O‘z konstruksiyasida motorlardan foydalanmaydigan dvigatellar ustida ishlash ham mavjud: misol uchun, elektr toki (yoki maydoni) ta’siri ostida materialning qisqarishi texnologiyasi, bu texnologiya jonli mavjudodlar tabiiy tekis harakatlariga yanada aniq moslikka erishishga imkon beradi.

Robotlarning tashqi qiyofasi
Yaponiyada robotlar ustidagi ishlar davom etadi, ularning tashqi qiyofasi ustida olib borilayotgan ishlar natijasida bir qarashda odamga o‘xshash turlari ham yaratilgan.

Robotlar «chehrasi»da emotsional-hissiy va mimik ishoralar texnikasi rivojlanmoqda.

akt_22_02_2013_4

KOBIAN – yig‘laydigan robot

2009-yil iyun oyida Tokio universiteti olimlari o‘z emotsiyalarini — quvonchini, qo‘rquvni, hayratlanish, hafalik, g‘azab, nafratni ishoralar va mimika yordamida ifoda etishga qodir insonga o‘xshash «KOBIAN» robotini taqdim etdilar. Robot ko‘zini ochadi va yopadi, lablari va qo‘larini qimirlatishga, oyoq va qo‘llaridan foydalanishga qodir.

Quvvat olish texnologiyasi
Robotlarga statsionar quvvat olish stansiyasini topib va ulanib, quvvat olishni mustaqil amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda turli laboratoriyalarda ulanmasdan xonada akkumulyatorlarni quvvat oldirishni (misol uchun, yo‘naltirilgan kuchli infraqizil lazer yoki induksion tamoyili asosida) ta’minlovchi turli tizimlar sinovlardan o‘tkazilmoqda.

Mаtematik bazasi
Кeng qo‘llanilib kelayotgan neyrotarmoqli texnologiyalardan tashqari robotning atrofdagi predmetlar bilan haqiqiy uch o‘lchamli dunyoda o‘zaro aloqada bo‘lishga o‘zi o‘rganadigan algoritmlar mavjud: mana shunday algoritmlar bilan boshqariladigan Aibo kuchukcha-robot tug‘ilgan bola kabi barcha o‘rganish bosqichlaridan o‘tdi — o‘zining oyoq va qo‘llari harakatlarini mustaqil boshqarish va atrofdagi predmetlar (bolalar manejidagi o‘yinchoqlar) bilan aloqada bo‘lishga mustaqil o‘rganib oldi. Bu odamning oliy nerv faoliyati algortmlarini matematik tushunishga yana bir misol bo‘la oladi.

akt_22_02_2013_5

Aibo kuchukcha-rоbоti

Navigatsiya
Ultratovush yoki lazer nuri bilan skanerlash bo‘yicha atrof-muhit modelini qurish tizimi robotlashtirilgan (ular hozirda to‘satdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni hisobga olish bilan haqiqiy shahar trassalarida va past-baland joylardagi yo‘llarda mustaqil va muvaffaqiyatli harakatlanmoqdalar) avtomobillar poygalarida keng foydalaniladi.

Sanoat robotlari
Raqamli dasturlar bilan boshqariladigan (CHPU) stanoklarning paydo bo‘lishi ularni ish bilan yuklash bo‘yicha turli operatsiyalar uchun dasturlashtiriladigan manipulyatorlar yaratilishiga olib keldi. O‘tgan asr 70-yillarida boshqaruv mikroprotsessorli tizimlarining paydo bo‘lishi va boshqaruv ixtisoslashtirilgan qurilmalarining dasturlashtiriladigan kontrollerlarga almashtirilishi robotlar narxi qiymatini uch barobarga pasaytirishga imkon berdi, ularni sanoatga ommaviy joriy qilish rentabelli bo‘lib qoldi. Sanoat ishlab chiqarili-shining rivojlanishi obyektiv shart-sharoitlari bunga yordam berdi.

Ularning yuqori bahosiga qaramay, ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlarda sanoat robotlarining soni juda tez o‘sib bormoqda. Ommaviy tarzda robotlashtirib borilishining sababi: «Robotlar murakkab ishlab chiqarish operatsiyalarini bir kecha-kunduzda 24 soat ham bajara oladi. Ular vositasida ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifatga ega. Ular: kasal bo‘lmaydi, tushlik qilmaydi va dam olish vaqtiga ehtiyoj sezmaydilar, to‘polon qilmaydi va norozilik bildirmaydi, oylik maoshini oshirishni so‘ramaydi, pensiya talab etmaydi… Robotlar odam hayoti uchun xavfli bo‘lgan havo o‘zgarishiga va atrof-muhitda gaz yoki boshqa zaharli moddalardan ta’sirlanmaydi».

Mаishiy robotlar
Dastlabki muvaffaqiyatli maishiy robotlarga Sony korporatsiyasi ishlab chiqargan mexanik AIBO kuchukcha-robotni kiritish mumkin. 2005-yil sentabr oyida dastlabki ochiq savdoga Mitsubishi firmasi ishlab chiqargan «Vakamaru» odamsimon robotlar chiqarildi. Robotning narxi $15 ming AQSH dollari bo‘lib, u egasini tanishi, tushunishi, ayrim jumlalarni aytishi, ma’lumotlar berishi, ayrim kotibalik funksiyalarini amalga oshirishi, binoni nazorat qila olishi kabi xususiyatlarga ega edi.

akt_22_02_2013_6

Qizcha va robot

Uy-ro‘zg‘orga yordamchi — avtomatik changyutkichlar, xonadonlarda mustaqil kundalik yumushlarni amalga oshiradigan va quvvat olish uchun joyiga o‘zi qaytib boradigan robot-dastyorlar katta ommaviylik kasb etib bormoqda.

Jangovor robotlar
Jangovor robotlar deb shunday avtomatik qurilmalarga aytiladiki, ular jangovor yoki odam hayoti uchun xavfli vaziyatlarda: qidiruv ishlarida, jangovor harakatlarda, jang maydonini minalardan tozalashda va boshqalarda insonning o‘rniga xizmat qiladi. Jangovor robotlar inson o‘rniga qisman yoki to‘liq xizmat qiluvchi antropomorf ta’sirga ega nafaqat avtomatik qurilma, balki havo va suvda ham bemalol harakatlana oladigan, odamlar amalga oshira olmaydigan vaziyatlarda (aviatsiyada uchuvchisiz, suv osti kemalari apparatlari va katta kemalarda) ham masofadan turib, boshqariladigan qurilmalardir. Hozirgi davrda ko‘pgina jangovor robotlar teleimkoniyatga ega bo‘lib, ulardan juda ham oz soni avtonom holda, hatto operatorga bog‘liq bo‘lmagan holda ish bajara oladi.

Оlim-robotlar
Dastlabki olim-robotlar Adam va Yeva bo‘lib, Aberistuit universiteti Robot Scientist loyihasi asosida 2009-yilda yaratilgan birinchi kashfiyot sifatida e’lon qilingan.

Olim-robotlarga shunday robotlarni kiritish mumkinki, ularning yordamida Xeops katta ehromlaridagi ventshaxtalar tadqiq etilgan. Ularning yordamida «Gantenbrink eshiklari», ya’ni «Xeops» tuynuklari ochilgan. Tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

Rоbot ishlab chiqaruvchilar
Robotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Shunday yirik kompaniyalardan biri — iRobot Corporation. Shuningdek, robotlar yuksak texnologiyalarga asoslangan: Honda, Mitsubishi, Sony, World Demanded Electronic, Gostai, KUKA kabi kompaniyalarda ham ishlab chiqariladi.

Rоbotlarning taniqli modellari
Оmmаviy axborot vositalari orqali barchaga ma’lum bir necha robot modellari mavjud: ASIMO robot-androidi, AIBO kuchukcha-roboti, Roomba changyutgich-roboti, filmlardagi C3PO va R2-D2 robotlari, Terminator filmlaridagi T-800 va T-1000 robotlari, «Robot-politsiyachi» filmidagi Robokop, Kelajakdan mehmon Verter filmdagi robot, Futurama multserialdagi Robot Bender va boshqalar.

Juda ham kichik robotlar
Nanotexnologiyaning rivojlanishi bilan nanoroblar tushunchalari paydo bo‘ldi.

akt_22_02_2013_7

Nanorobotlar yoki nanobotlar — molekulaga teng o‘lchamdagi (10 nm) robotlar, harakatlanish funksiyasiga ega bo‘lib, axborotni qayta ishlab uzatish, dastur talabini amalga oshirishga qodir.

Nanorobotlar o‘z nusxalarini yaratishga qodir bo‘lib, replikatorlar deb ataladi. Nanorobotlarni yaratish imkoniyatlarini amerikalik olim Erik Dreksler o‘zining «Yaratuvchi mashinalar» asarida bayon etgan.

Boshqalar nanorobotlarni mashinalar sifatida ifoda etganlar, ular nanoo‘lchamdagi obyektlar bilan aniq o‘zaro hamkorlikda ishlay oladi yoki nanomasshtabdagi obyektlarni manipulyatsiya qila olishga qodir. Buning natijasida hatto yirik apparatlar bo‘lgan atom-kuchli mikroskopni nanorobot deb atash mumkin, mazkur apparat nanodarajadagi obyektlarni manipulyatsiya qila oladi. Bundan tashqari, hatto oddiy robotlar nanoo‘lchamli obyektlar bilan aniq munosabatda bo‘lib, ularni nanorobot deb atash mumkin.

Qidiruvchi robotlar
Qidiruv robotlari
(«veb-o‘rgimchak», krauler) — dastur qidiruv tizimining bir qismi bo‘lib, u qidiruv ma’lumotlar bazasiga bu haqda axborotlarni kiritish maqsadida Internet sahifalarini tanlab olish uchun mo‘ljallangan. Harakat tamoyili bo‘yicha o‘rgimchak oddiy brauzerni eslatadi. U sahifa mazmunini tahlil qiladi va maxsus ko‘rinishda serverning qidiruv mashinasida saqlaydi, ilovalar bilan keyingi sahifaga jo‘natiladi. Qidiruv mashinasi egalari o‘rgimchakning saytga chuqur kirishini va matnni to‘liq ko‘chirib olishini ko‘pincha cheklaydilar, shu sababdan juda ham katta saytlar qidiruv mashinasi tomonidan to‘liq indekslanmasligi mumkin. Bundan tashqari, oddiy o‘rgimchaklar «qizilishton(dyatel)» deb atalgan — robotlar sifatida mavjud, ular indekslangan saytni «taqillatib» unga kirish mumkinligini ta’kidlaydilar.

Rоbоtlar shuhrati zali
Mavjud va o‘ylab chiqarilgan fantastik robotlar odamlar o‘rtasida shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, hatto 2003-yilda «Robotlar shuhrati zali» tashkil etildi — www.robothalloffame.org.

«Robotlar shuhrati zali» (ingl. The Robot Hall of Fame) 2003-yilda Mellon (Pitsburg, AQSH)dagi Karnegi universitetiga qarashli — Kompyuter fanlari maktabi tomonidan asos solindi. Robot Hall of Fame’ning yaratilishidan maqsad robototexnika rivojlanishiga asos bo‘lgan robotlar sohasidagi yutuqlarni va haqiqiy robotlar ishlab chiqarilishiga ilhomlantirgan ilmiy-fantastik asarlardagi robotlar obrazlarini abadiylashtirishdan iborat edi.

Robotlar shuhrati zaliga xohlagan inson robotlarni kiritishni tavsiya eta oladi. Uni kiritish qarorini olimlar, yozuvchi-adiblar, tadqiqotchi-konstruktorlardan tashkil topgan hakamlar hay’ati qabul qiladi. Dastlabki panteon robotlar vakillari 2003-yil 10-noyabrda, Carnegie Science Center (Pitsburg)da o‘tkazilgan tadbirda e’lon qilingan.

Xulosa qilib aytganda, robot haqida uzoq fikr yuritish mumkin, mazkur mavzu yuzasidan qisqacha fikr yuritsak ham ko‘plab sahifadan joy egallashga to‘g‘ri keladi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shunday jadal tusda rivojlanib borsa, yaqin orada har birimizning o‘z xususiy aqlli robotimiz bo‘lishi mumkin. Axir mobil qurilmalarining eng mashhur operatsion tizimi Android deb shunchaki atalmagan bo‘lsa kerak.

Orphus system