Оzishni istagan foydalanuvchilar uchun aqlli sanchqi

O‘z vaznlariga alohida e’tibor bilan qaraydiganlar yaxshi biladilarki, to‘g‘ri ovqatlanish deganda, qaysi oziq-ovqatlarni tanovul qilishgina emas, balki ularni qanday usulda yeyish ham muhimligi nazarda tutiladi. Bunda asosiy qoidalardan biri, eng avvalo, ovqat yeyish tezligidir, ayniqsa, vaznini kamaytirmoqchi bo‘lganlar bunga amal qilishi zarur. Organizm talab etadigan to‘yimli moddalar bilan boyitilgan ovqatni oz miqdorda tayyorlab, sekinroq tanovul qilish zarur.

hap_22_02_2013

U haqda fikr yuritmoqchi bo‘lgan qurilmamiz ehtimol, bugungi kunda to‘g‘ri oqvatlanib, gavdani xushbichim holda saqlab qolishga intiluvchi kompyuter ishqibozlariga juda yoqsa kerak. HAPIfork aqlli sanchqisi oqvatni samarali tezlikda tanovul qilishda yordam berishga mo‘ljallangan. Mazkur moslamaga qator o‘rnatilgan sensorlar ovqatni tanovul qilishda harakatlarni qayd etib boradi. Аgar mazkur tezlik me’yordan ortib ketsa, sanchqi o‘z egasiga bundan xabar berib, asta titray boshlaydi. Bundan tashqari, smartfon yoki kompyuter bilan sinxronlashtirilganligi sababli mazkur qurilma olingan ma’lumotlar yig‘indisini jamlay oladi.

hap_22_02_2013_1

HAPIfork elektron sanchqisi ko‘chma ichki qismga ega, shu sababli ham uni ajratib olib, hatto idish yuvish mashinasida ham yuvish mumkin. Hozirgi vaqtda moslama ishchi prototip sifatida mavjud, HAPILABS kompaniyasi esa bahorda Kickstarter servisi orqali sanchqining USB-versiyasini ishlab chiqara boshlashni rejalashtirmoqda, 2013-yilning uchinchi choragida esa simsiz modelni chiqarmoqchi. USB-modelning taxminiy bahosi HAPIfork sanchqisining internet-kundaligi va smartfon uchun ilovasi bilan 99$ dan iborat.

Manba: www.fishki.net

Orphus system