Коreyada litiy-ionli yupqa akkumulyator yaratildi

lit_22_02_2013

Egiluvchan ekranlar borgan sari seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlarda paydo bo‘lishga yaqinlashib kelmoqda. Biroq «to‘la» egiluvchan qurilmalar paydo bo‘lishi uchun konstruksiyaning yana bir elementi — akkumulyatori osongina shaklini o‘zgartirishga qodir bo‘lishi kerak edi.

Коreyalik Ulsan instituti (Ulsan National Institute of Science and Technology) olimlari shu sohadagi yutuqlari, ya’ni jahonda birinchi litiy-ionli yupqa akkumulyator yaratilganligi haqida ma’lum qiladilar. Hozirgi davrda foydalaniladigan oddiy batareyalardan farqli jihati yangi ishlanmalarda nanomateriallar qo‘llaniladi, «suyuq» polimer elektrolit yaratish uchun ular elektrodlarga yuritilib, keyin 30 soniya mobaynida ultrabinafsha nurlari bilan nurlantiradi.

Ishlanmaning hozirda mavjud akkumulyatorlarga nisbatan afzalligi qatoriga yana ishlab chiqarish jarayonining tezligi va xavfsizligining yuqori darajaliligini kiritish mumkin. Seriyali nusxalarining bozorda paydo bo‘lish muddati ma’lum qilinmagan, biroq ehtimol yaqin orada yupqa smartfon va planshetlarni ko‘rishimiz mumkin.

Manba: http://koreajoongangdaily.joinsmsn.com

Orphus system