Коmpyuter-kitobcha

komp_22_02_2013

APC kompaniyasi navbatdagi ixcham APC Paper Mini PC kompyuteri variantini namoyish etdi. Uning asosida APC Rockning xususiy ishlanmasi sifatida ona platasi yotadi. Kompyuter korpusi oddiygina kitobga juda ham o‘xshaydi va qulay qutichaga joylashtirilgan, uni ochib qurilmaning elektron mag‘zidan (imkoniyatlaridan) foydalanish mumkin.

Shu jihati diqqatga sazovorki, korpusi tayyorlangan xom ashyo manbai qayta ishlangan qog‘ozdan iborat. Albatta, mazkur kichkintoydan qandaydir alohida yutuqlarni talab etishning hojati yo‘q, biroq loyiha mualliflari uning Internet muloqoti, serfing va boshqalarda foydalaniladigan deyarli barcha ilovalarga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilmoqdalar. Android 4.0 operatsion sistemasidan foydalanishi evaziga kompyuterda Google Playga ulanadigan ko‘plab dasturlardan foydalanish mumkin.

komp_22_02_2013_1

Loyihachilar APC Paper Mini PC qurilmasini takt chastotasi 800 MGts protsessor, 512 Mb operativ xotirasi, 4 Gb kiritilgan flesh-xotira, ikkita USB 2.0 portlari, microUSB, HDMI, Ethernet va microSD (maks 32 Gb) turidagi xotira kartalari uchun slot bilan jihozladilar. Barcha komponent kichik bir korpusga joylashdi, uning kattaligi 204 x 98 x 28 mm.ni tashkil etadi. Yangi mahsulotning narxi (yetkazib berish bunga kirmaydi) 99 AQSH dollarini tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchining saytida alohida ona plataga hamda yig‘ilgan kompyuterga buyurtma berish mumkinligini aytib o‘tish mumkin.

Manba: http://apc.io

Orphus system