iPad bilan moslashgan ixcham MIDI-gitara
22.02.2013
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

CES-2013 ko‘rgazmasida Zivix kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan gitara musiqa asbobi shaklida yaratilgan qiziqarli mahsulotlar namoyish etildi.

ipad_22_02_2013

Mazkur qurilma yordamida shaxsiy kompyuter yoki planshetdan foydalanib, gitara musiqa asbobini chalish malakalariga ega bo‘lish va bilimlarini takomillashtirish mumkin. Kontroller kompyuter Wi-Fi’ga ulanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar ta’kidlashicha, 10 ms.da ulgurib ulash kerak.

Haqiqiy JamStik asbobiga nisbatan taqqoslaganda qurilma juda ixcham, biroq u juda ko‘p imkoniyatlarga ega. Masalan, infraqizil datchik yordamida u chastotali tebratuvchilarni («torlarning chertilishi» ni) o‘qiy oladi.

ipad_22_02_2013_1

Qurilma uchun CoreMIDI bilan mos keluvchi iOS, masalan, GarageBand yoki Animoog ilovasi zarur. Ishlab chiqaruvchilar qurilma jamlanmasiga JamTutor o‘quv dasturi, JamHero (Guitar Hero va Rock Band) o‘yini hamda Jam Live dasturiy miksherni kiritishni rejalashtirmoqdalar. Ko‘rgazmada qurilma simli ulanish asosidagi prototipi namoyish etildi. JamStik savdosi joriy yil yoz faslida $249–299 narxda savdoda paydo bo‘lishi rejalashtirilgan.

Manba: www.engadget.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq